16 jan 17:41
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" shu hafta Xavini istefoga chiqarishi mumkin
"Barselona" oldinda turgan ikki uchrashuvda bosh murabbiy Xavi taqdiri bo'yicha bir qarorga keladi.
"Barselona" prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deku bosh murabbiyni qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda.
Biroq Ispaniya Kubogi 1/8 finalida "Unionistas Salamanka"ga qarshi bahs hamda Ispaniya chempionatida "Betis"ga qarshi uchrashuvda omadsizlikka uchralsa, klub bosslari keskin qaror qabul qilishga majbur bo'ladilar.
Ispaniyalik mutaxassis istefoga chiqarilgan taqdirda, vaqtincha bosh murabbiy lavozimi "Barselona Atletik" ustozi Rafael Markesga ishonib topshiriladi.
Havola :
Manba : Cadena Ser
Fikrlar