26 fev 16:28
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" U-17 JCHda "kumush butsa"ni qo'lga kiritgan iqtidor bilan shartnoma imzolamoqchi
Yanvar oyida "Barselona"da ko'rikdan o'tish uchun taklif qilingan 17 yoshli Ibrohim Diarra murabbiylar shtabida iliq taassurot qoldirdi.
Yosh malilik umidlarni oqladi va u haqidagi sharhlar ijobiy, deya xabar berdi "Footmercato". U sinov muddatini muvaffaqiyatli yakunladi va "Barselona" uni imkon qadar tezroq jamoaga jalb qilish yo'llarini qidirmoqda.
Maliga qaytib ketgan hujumchi Evropa Ittifoqi qoidalariga ko'ra, voyaga etguniga qadar "Barselona"da o'ynay olmaydi. Biroq "Barsa" Diarraga yozda Kataloniya klubiga o'tishga ruxsat beruvchi mamuriy qarorlarni ko'rib chiqmoqda.
Malumot o'rnida, Diarra Mali U-17 termasi bilan JCHda qatnashib, 3-o'rinni qo'lga kiritgandi. U mundial 1-turida O'zbekistonga qarshi uchrashuvda ham qatnashgan edi.
Havola :
Fikrlar