18 may 08:24
Yangiliklar
Futbol
"Barselona"da yirik g'alaba, Rafinya qaytishini dubl bilan nishonladi + VIDEO
Ispaniya La Ligasining 37-tur doirasidagi "Barselona" - "Betis" o'yinida kataloniyaliklar ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Rafinya 28 va 62-daqiqalarda gol urib, jamoasining oldinda borishini taminladi. So'ngra mehmonlar yarim himoyachisi Isko 69-daqiqada penaltini golga aylantirdi. Ammo 5 daqiqa o'tib, kataloniyaliklar himoyachisi Joau Kanselu raqib darvozasini ishg'ol qilib, o'yinga nuqta qo'ydi.
Muddatidan avval La Liga g'olibiga aylangan “Barselona” 37 o'yinda 94 ochko jamg'argan, “Betis” esa 57 ochko bilan beshinchi o'rinda joylashgan. Jamoa kelasi mavsumda ECHLda ishtirok etadi.
Havola :
Fikrlar