07 fev 08:42
Yangiliklar
Futbol
"Barselona"ni ikki futbolchi tark etadi
Kataloniya klubi rahbariyati bu futbolchilar bilan shartnomani uzaytirmaydi.
"Barselona" himoyachisi Markos Alonso (suratda) va yarim himoyachi Serji Roberto mavsum oxirida Kataloniya jamoasini tark etishadi. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Futbolchilarning shartnomalari mavsum oxirigacha amal qiladi. Klub rahbariyati ularga yangi bitimlar taklif qilishni rejalashtirmayapti.
Alonso joriy mavsum bor-yo'g'i 7 ta o'yinda qatnashdi. Roberto esa barcha musobaqalarda 14 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Havola :
Fikrlar