28 mar 13:27
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" PSJ vingeri uchun 100 million evro to'lashga tayyor
PSJ hujumkor yarim himoyachisi Bredli Barkolya Germaniya chempionatida o'ynash imkoniyatiga ega.
22 yoshli franciyalik vingerning xizmatlariga Myunxenning "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda. Nemis grandi rahbariyati 2025/2026-yilgi mavsum starti oldidan tarkibini kuchaytirishni istamoqda.
Myunxenliklar Barkolyaning transferi uchun 100 million evro berishga tayyor. Bredlining parijliklar bilan mehnat shartnomasi 2028 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.
"Transfermarkt" portali uning narxini 70 million evroga baholamoqda.
Vinger joriy mavsum Liga 1da 26 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Havola :
Manba : Todofichajes
Fikrlar