19 may 14:05
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya"ni hech kim boshqarishni istamayapti. Yana bir murabbiy rad javobini berdi
Myunxenning "Bavariya" klubi rahbariyati yana bir murabbiy bilan kelishuvga erisha olmadi.
Bu safar "Benfika" ustozi Rojer SHmidt nemis jamoasining taklifini qabul qilmadi. Bild jurnalisti Kristian Falkning yozishicha, myunxenliklar Tomas Tuxelni qoldirishga ko'ndira olmaganidan so'ng Rojer SHmidtga murojaat qilgan. Biroq 57 yoshli mutaxassis Germaniyaga qaytish niyati yo'q ekanligini malum qilgan.
Avvalroq, Rojerdan tashqari Yulian Nagelsmann, Xabi Alonso, Ralf Rangnik, Oliver Glasner kabi murabbiylar «Bavariya»ning taklifiga rozi bo'lmagandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar