15 noy 15:48
Yangiliklar
Baxram Murtazaliev kamarini himoya qiladi. Raqib, sana, manzil aniq + POSTER
U 31 yanvar kuni Angliyaning Nyukasl shahrida tashkil etiladigan prof boks oqshomida britaniyalik Josh Kelliga qarshi ringga ko'tariladi. Bu oqshomning asosiy jangi bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, Baxram Murtazaliev o'tgan yilning oktyabr oyida Tim Czyuni muddatidan avval mag'lub etgandi. O'shandan beri u ringga chiqmadi.
SHuningdek, yana bir qator qiziqarli janglar elon qilindi:
24 yanvar, Las-Vegas: Reymond Muratali vs Endi Kruz / IBF engil vazn toifasi chempionligi uchun jang
21 fevral, Nottingem: Li Vud vs Josh Uorrington / ikkinchi yarim engil vaznda revansh jangi
28 fevral, Glendeyl: Emanuel Navarrete vs Eduardo Nunes / ikkinchi yarim engil vazn toifasida (59 kg gacha) IBF va WBO kamarlari uchun jang

Fikrlar