So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

18 noy 20:12
Yangiliklar

Kurash

Bayroqdan jilo olgan sport libos!

Vatan dovro'g'ini dunyoga tarannum etish sportchining oliy maqsadi hisoblanadi.

Bugun bunday sharafga erishgan, jahon maydonlarida jonajon Vatanimiz shuhratiga shuhrat qo'shgan, O'zbekistonning betimsol bayrog'ini dunyo uzra sarbaland etgan sportchilarimiz juda ko'p va ular safi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Haqiqatan, sportchilarimizning g'alabasi sharafiga kutariladigan O'zbekiston bayrog'i g'ururmiz timsolidir. Bugun bu iftixor milliy sportimiz kurashning libosi sifatida dunyo kurashchilarini birlashtirib turganligi ham etiborli holat. 

Zero, bugun dunyoning qaysi bir hududida mamlakat yoki qita chempionati va yo Osiyo o'yinlari bo'ladimi, qo'yinki har qanday kurash musobaqasida sportchilar kurash yaktagida, yani bayrog'imizdan jilo olgan sport liboslarida bellashishadi, maydon aylanishadi.

Olis Dominikandan tortib, Hindiston, Angliya yoki Afrika davlatlarida o'tkazilayotgan kurash musobaqalari aynan O'zbekiston bayrog'idan jilo olgan yaktaklarda o'tkazilayotganligini hamda bugun dunyoning 130 dan oshiq davlatlarida kurash federaciyalari faoliyat yuritayotganligini etiborga olsak, ular uchun ham O'zbekiston bayrog'i qanchalik ahamiyatli ekanligini ko'rishimiz mumkin.

Kurashning dunyo sportiga aylanganligi, jahonning 15 milliondan oshiq yoshlari bugun milliy sportimiz kurash bilan shug'ullanayotganligi betimsol hur bayrog'imizning qadri va qudrati ikki yuzdan ortiq davlatlarning ramzlari orasida nechog'li yuksakligidan dalolatdir.

Ishonamizki, sportchilarimizning g'alabalari sharafiga hilpirayotgan O'zbekiston bayrog'i kelajakda kurash O'zbek sporti sifatida Olimpiya o'yinlaridan joy olganda olimp maydonlarida dunyo yoshlarining egnida bundanda yorqinroq jilolansa, ne tong. 

Yutuqlar o'z o'zidan qo'lga kiritilmaydi. G'alabalar ortida sohaga etibor, yoshlarga g'amxo'rlik va albatta o'lkan mehnat, tinimsiz izlanishlar, murabbiyu mutaxassislarning jonfidoligi, hamjihatligi mujassam. 

To'lqin RO'ZIEV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing