10 iyu 07:23
Yangiliklar
Qilichbozlik, Parij-2024
Bayroqdorimiz Zaynab Dayibekova Olimpiadaga Yangiobodda tayyorlanmoqda
Qilichbozlik bo'yicha turli yoshdagi O'zbekiston terma jamoalari o'quv-mashg'ulot yig'inlarini davom ettirmoqda.
Yig'in Toshkent viloyatidagi "Yangiobod" sport bazasida o'tkazilmoqda. U erdagi mashg'ulotlar 14 iyulga qadar davom etadi.
Mazkur o'quv-mashg'ulot yig'ini yoshlarimiz uchun oldinda turgan yirik xalqaro musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Zaynab Dayibekova esa shu erning o'zida alohida dastur asosida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlariga hozirlik ko'rmoqda, deya xabar beradi MOQ matbuot xizmati.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar