02 okt 07:12
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHga jo'nab ketdi, u chempionlik kamari uchun jang o'tkazadi
Rio Olimpiadasi hamda jahon chempionati kumush medali sohibi Bektemir Meliqo'ziev kecha tunda AQSHga jo'nab ketdi.
CHarm qo'lqop ustamiz qisqa muddatli tanaffusni yakunladi va professional boksdagi uchinchi jangini o'tkazish uchun yana okean ortiga yo'l oldi. Bektemir reja bo'yicha 26 noyabr kuni AQSHda ringga ko'tariladi.
Avvalroq Meliqo'ziev saytimiz muxbiriga 10 raunddan iborat jangda ishtirok etishi va bu bahs WBA Intercontinental chempionlik kamari uchun kechishini aytgan edi. Hozircha bo'lajak jangda Bektemirga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar