13 iyu 16:29
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev argentinalik raqibga qarshi jang oldidan qanday fikrda?
Ushbu jangda bokschimizga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qiladi. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu jang oldidan bokschimizning fikrlari bilan qiziqdi.
"Bu professional boksdagi debyut jangim bo'ladi. Ushbu jangga 2 oy davomida tayyorgarlik ko'rdim. Raqibim ancha tajribali. SHu kungacha professional boksda 46 ta jang o'tkazgan.
Debyut jangim uchun tayyorgarlik doirasida murabbiylar bilan birga ishladik. Sparringlarda turli raqiblarga qarshi harakat qildim. Taktik tomonlar bo'yicha ham ish olib bordim. Nasib qilsa, professional boksdagi debyut jangim muvaffaqiyatli bo'ladi. Jang albatta oson bo'lmaydi, ammo shunga yarasha tayyorgarlik ko'rganman. Xudo xohlasa, ushbu jangda g'alaba qozonaman", - dedi Bektemir Meliqo'ziev.
O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati
Fikrlar