18 mar 18:50
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev ertangi jangi va Rosado bilan revansh haqida gapirdi
Bektemir Meliqo'ziev Devid Segarra bilan jang oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
«O'zimni juda ham yaxshi his qilyapman. Jangga tayyorgarlik alo darajada bo'ldi, hech qanday o'zgarishlar yo'q. Nasib qilsa, mehnat qilib bundanda yaxshi natijalar ko'rsatishga harakat qilamiz», - dedi Meliqo'ziev.
Bek shuningdek, Gabriel Rosado ilan revansh haqidagi savolga ham javob berdi.
«Bu boks. Rosadoni g'alaba bilan tabriklayman. Lekin bu mag'lubiyat hech narsani o'zgartirgani yo'q. O'z harakatlarimiz bilan oldinga intilyapmiz. Bundan oldin 81 kg vazn toifasida kuchli raqib bilan 8 raund jang o'tkazdim. 8 raund davomida o'zimni yaxshi his qildim. CHempion bo'lganimdan keyin Gabriel Rosadoni revanshga chaqirishga tayyorman».
Fikrlar