06 may 18:44
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev ham Osiyo chempioni!
-81 kg vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev Osiyo chempionati final jangini o'tkazdi.
Qozog'istonlik Erik Aljanovga qarshi bo'lib o'tgan jangda sportchimiz faollik ko'rsatdi va sezilarli ustunlikka erishdi.
Bokschimiz jarohat olganiga qaramasdan jangni yaxshi o'tkazdi va g'alaba qozona oldi.
SHu tariqa u Osiyo chempionatining oltin medalini qo'lga kiritdi. Bu O'zbekiston terma jamoasi uchun to'rtinchi oltin medal bo'ldi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar