So’nggi yangiliklar

19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0 12:11Осиё Миллатлар кубогида Ўзбекистон шарафини тўққиз шахматчи ҳимоя қилади 0

21 iyu 14:01
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev nima uchun jangi qoldirilgani va tayyorgarlik jarayoni haqida gapirdi

Xabaringiz bor, professional bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev navbatdagi jangini o'tkazish uchun AQSHga yo'l olgandi.

Avvaliga uning 24 iyul kuni ringga ko'tarilishi haqida malumot berilgandi. Lekin, bir necha kun oldin uning jangi avgust oyiga ko'chirilgani haqida xabarlar tarqaldi. 

SHu munosabat bilan bokschimiz bilan qisqa suhbat tashkil etdik. 

- Hozir qaysi shahardasiz? U erda ob-havo, muhit, sharoitlar qanday?

- Ayni paytda Los-Anjelesning Indio shaharchasidaman. Bu erdagi ob-havo issiq, harorat 48-49 darajagacha ko'tariladi. SHaroitlar yaxshi, zalda murabbiylarimiz qo'l ostida shug'ullanyapmiz. Navbatdagi jangga tayyorgarlik juda yaxshi ketmoqda. 

- Tayyorgarlikka oid savol: Kuniga necha mahal mashg'ulot olib borayapsiz?

- Jangga tayyorgarlik o'zining qizg'in pallasiga chiqqan. Bir kunda 2-3 mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz. Dushanba, chorshanba va juma kunlari 3 martadan, qolgan kunlari esa 2 martadan mashg'ulotlar o'tkazilmoqda. Murabbiylar bilan birga texnik va taktik tomonlama ishlamoqdamiz. 

- Jang muddati surilibdi. Bunga nima sabab bo'ldi? 

- To'g'ri, avvaliga jang 24 iyulda bo'lishi kerak edi. Lekin mening Amerikaga qachon etib kelishim borasida aniq malumotlar yo'q edi. Bu borada shunday tushunmovchiliklar bo'lgani, tayyorgarlik uchun oz muddat qolgani ham sabab. Bundan tashqari, orada 4-5 oylik tanaffus bo'ldi, karantin vaqtida O'zbekistonda qolib ketdim va mashg'ulotlar nisbatan kamroq bo'ldi. Jangga bemalol, har tomonlama tayyorgarlik ko'rib chiqishim lozim. SHu sababli navbatdagi jang avgust oyiga ko'chirildi. 

- Raqib aniq bo'lib ulgurganmi?

- Hozircha kimga qarshi jang qilishim aniq emas. Ko'p bokschilar bilan muzokara olib borilmoqda, lekin nima uchundir ularning aksariyati rad javobini bermoqda. O'ylaymanki, tez kunlarda barchasi aniq bo'ladi va raqib nomi malum bo'lishi bilan xabarini beramiz.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing