13 iyu 07:11
Yangiliklar

Bektemir Meliqo'ziev prof ringdagi debyuti oldidan tarozidan o'tdi FOTO
Mazkur jangda hamyurtimizga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qiladi. Bugun 6 raundga mo'ljallangan jang oldidan bokschilar tarozidan o'tishdi. Unga ko'ra, har ikki charm qo'lqop ustasi ham belgilangan meyorni bajara oldi.
Eslatib o'tamiz, yarimog'ir vazn toifasidagi ushbu jang AQSHda, Gollivuddagi "The Avalon" arenasida tashkil etiladi.
Malumot uchun, Bektemirning raqibi, 27 yoshli Rios shu kungacha prof boksda 46 ta jang o'tkazgan va ularning 23 tasini o'z foydasiga hal qilgan (13 ta nokaut). 19 ta jangda mag'lubiyat alamini totib ko'rgan (4 ta nokaut). Yana 4 ta jangda durangga erishgan. U o'z mag'lubiyatlarining birini hamyurtimiz Azizbek Abdug'ofurovdan qabul qilib olgan.
Bokschimizni qo'llab-quvvatlab turish uchun Isroil Madrimov va murabbiy To'lqin Qilichev ham ushbu marosimga tashrif buyurishdi.
Fikrlar