14 iyu 05:54
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev professional boksda debyut qildi
Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev bugun AQSHda professional boksdagi dastlabki jangini o'tkazdi.
Mazkur jangda bokschimizga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qildi. Bokschimiz jangni faol boshladi va zarbalar seriyasini uyushtirdi. Bektemir birinchi raundning o'zidayoq kuchli zarbasi evaziga raqibini chuqur nokaut holatiga tushirdi va professional boksdagi faoliyatini chiroyli g'alaba bilan boshladi.
Ushbu jang Bektemir uchun debyut bo'lgan bo'lsa, Rios uchun prof ringdagi 47-bahs edi. Uning prof ringdagi ko'rsatkichi bugungi natija bilan qo'shib hisoblaganda 23 ta g'alaba (13 ta nokaut), 20 ta mag'lubiyat (5 ta nokaut) va 4 ta durangni tashkil qiladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar