30 avg 00:02
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/18314_220.jpg)
Bektemir Meliqo'ziev qozog'istonlik bokschiga qarshi ringga ko'tarildi
Germaniyaning Gamburg shahrida davom etayotgan boks bo'yicha jahon chempionatining -81 kg vazn toifasidagi chorak finaldan o'rin olgan yana bir jang yakuniga etdi.
Unda hamyurtimiz Rio Olimpiadasining kumush medali sovrindori Bektemir Meliqo'ziev qozog'istonlik Erik Aljanovga qarshi bahs olib bordi. Jang finalga monand kechdi.
Uchinchi raundda katta tashabbusga ega bo'lgan charm qo'lqop ustamiz kuchli raqibini 3:2 hitobida taslim etdi. Yana bir hamyurtimiz yarim finalga chiqish orqali kamida bronza medalini naqd qildi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar
Куба Дания Австралия 28-29 бизга, Белорус 29-28 ва Германия 30-27 козокга.