So’nggi yangiliklar

20:58Ўзбекистон чемпионати: аёллар курашида ғолиблар аниқланди 0 20:27Муҳиддин Мадаминов Tata Steel Chess 2027 турнирида иштирок этади, Бибсара ҳам! 0 19:56UFC’нинг мағлубиятсиз жангчиси гиёҳванд моддаларни меъёридан ортиқ истеъмол қилгани ортидан шифохонага ётқизилди 0 19:25Кэррик МЮдан хафа ва раҳбариятдан ранжиган — The Telegraph 0 18:54Уайт Усманнинг Двалишвилига қилган ҳужумидан сўнг UFC’га ўтиш имкониятлари ҳақидаги саволга жавоб берди 0 18:2346 ёшли Оверим UFC собиқ жангчисига қарши бокс қоидалари бўйича рингга чиқади + ПОСТЕР 0 17:52Нурмагомедовнинг менежери ММА жамоатчилигидан узр сўради 0 17:36Усман Нурмагомедов 6 ойга қамалди 0 17:21Кейн миллий терма жамоалар тарихидаги энг яхши тўпурарлар рейтингида Левандовскига етиб олди 0 16:50Дзюдочиларимиз "ШҲТ Очиқ кубоги"да иштирок этиш учун Москва шаҳрига жўнаб кетишди 0 16:19Эдди Хирн Фьюри – Жошуа оқшомининг иштирокчилари рўйхатидан норози 0 15:48Жо Роган: "Спорт комиссиялари тиззага тепишга тақиқ қўйишга қарор қилди" 0 15:17Али Лажами: “Ўзбекистонга қарши ғалаба қозониб, ФИФА рейтингидаги ўрнимизни яхшиламоқчимиз” 0 15:05Жаҳонгир Зокиров ва Раҳматулло Бойматов "Zuffa Boxing" турнири олдидан тарозига чиқди (ФОТО) 0 14:46Льюис Хэмилтон Ғазо сектори чегарасига борди (ФОТО) 0

01 jan 17:29
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev yangi mavsumga tayyor

Teglar :  BektemirBoks
Mamlakatimizning boks bo'yicha terma jamoasi azosi Bektemir Meliqo'ziev 2018 yilgi sport mavsumiga tayyorgarlik ko'rayotgani haqida O'zA muxbiri bilan suhbatlashdi.

– Siz uchun joriy yilgi mavsum qanday o'tdi?

– 2017 yil o'zbekistonlik juda ko'plab sportchilar uchun omadli yil bo'ldi. SHu qatori men ham ushbu yilni muvaffaqiyatli o'tkazdim. Yurtimizda o'tgan Osiyo chempionatida oltin, Germaniyada o'tgan jahon chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritdim.

– Braziliyada o'tgan Olimpiya o'yinlarida 75 kilogrammgacha vazn toifasida bellashgan edingiz. So'nggi yillarda 81 kilogrammgacha vazn toifasida jang o'tkazmoqdasiz. Bunga sabab nimada?

– Har qanday sportchi yakkakurashlarda o'zini har xil vazn toifalarida sinab ko'radi. Misol uchun, Hasanboy Do'smatov ham yaqinda o'tgan xalqaro turnirda 52 kilogrammgacha vazn toifasidagi bahslarda ishtirok etdi va oltin medalni qo'lga kiritdi. Men ham boshqa vazn toifasida yangi marralarni zabt etishga harakat qilmoqdaman. Va bu maqsadimga erishayotirman.

– Yangi mavsumga tayyorgarlik qanday o'tmoqda?

– Tayyorgarlikni ancha oldin boshlaganmiz. Texnik-taktik va jismoniy mashqlarni doimo o'zim ham bajarib boraman. Sportda tinimmiz mehnat qilish kerak. Aks holda yuksak marralarni zabt etib bo'lmaydi. Umuman olganda men yangi mavsumga tayyorman.

Reyting: +3   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing