03 may 21:11
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'zievdan ishonchli g'alaba, u ham yarim finalda!
Rio Olimpiadasi sovrindori Bektemir Meliqo'ziev JCH yo'llanmasi uchun bo'lib o'tgan jangda tojikistonlik SHagboz Negmatullaevga qarshi ringga chiqdi.
-81 kg vazn toifasida jang o'tkazgan sportchimiz raqibini katta ustunlik evaziga mag'lubiyatga uchratishga muvaffaq bo'ldi. Ayniqsa, ikkinchi va uchinchi raundlarda Bektemir tojikistonlik bokschini kuchli zarbalari evaziga qiyin ahvolga tushirib qo'ydi.
SHu tariqa, yana bir bokschimiz Osiyo chempionatining yarim finaliga yo'llanma oldi. Bu esa kamida bronza medali hamda shu yili Germaniyada o'tkaziladigan Jahon chempionati naqd degani.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar