So’nggi yangiliklar

13:28Пакьяо Мейвезер билан реванш бўйича баёнотга жавоб қайтарди 0 13:07Пеп Гвардиола "У бутун АПЛнинг ҳақиқий афсонаси" 0 12:46Олимпиада чемпиони Аспиналл ва Ган билан рақобат қила олишини айтди 0 12:25Кроуфорд рингга қайтиш масаласи бўйича қатъий фикр билдирди 0 12:04"Номзодлар турнири". Синдаров кетма-кет учинчи марта турнинг энг яхши шахматчиси! 0 11:43"Манчестер Сити"нинг "Ливерпуль"га қарши учрашуви учун тахминий таркиби маълум 0 11:22Дмитрий Бивол яна бир чемпионлик камаридан маҳрум бўлиши мумкин 0 11:01Афсонавий Гарри Каспаров Синдаровнинг иштирокига баҳо берди + ФОТО 0 10:40Усман Нурмагомедовнининг навбатдаги рақиби мағлубиятсиз жангчи бўлади 0 10:19Суперлига. Бугун 5-тур якунланади 0 09:58Арман Царукян миллион долларга Rolls-Royce Mansory сотиб олди + ФОТО 0 09:37Сергей Фомин 1/2 финал учрашувини ўтказди 0 09:16UFC Fight Night 272. Икки жангчи вазн қила олмади. Яҳёевга иккинчи имконият берилди 0 08:55"Барселона" Бастони учун 45 миллион таклиф қилди, "Интер" эса кўпроқ сўради 0 08:34Чисора фаолиятидаги энг катта вазн билан Деонтей Уайлдерга қарши рингга кўтарилади 0

28 iyu 09:35
Yangiliklar

Boks/MMA

Bektemir Meliqo'zievning raqibi va jang sanasi malum + POSTER

Professional boksda muvaffaqiyatli odimlayotgan charm qo'lqop ustamiz Bektemir Meliqo'zievning ringdagi navbatdagi raqibi va jang sanasi malum bo'ldi.

Xabaringiz bor, yaqinda hamyurtimiz AQSHga jo'nab ketgan edi. Bektemir afsonaviy bokschi Oskar De La Xoyyaga qarashli "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Uning 28 avgust kuniga mo'ljallangan jangini ham aynan "Golden Boy" tashkil etmoqda. Bu haqida ushbu promouterlik kompaniyasining rasmiy sahifalarida xabar berildi hamda rasmiy poster ham taqdim etildi.   

Meliqo'ziev oqshomning asosiy anderkardi doirasida ringga ko'tariladi. Uning raqibi meksikalik bokschi Alan Kampa bo'ladi. 28 yoshli Alan prof ringda 23 ta jang o'tkazgan bo'lib, ularning 17 tasida g'alaba qozongan. Beshta jangda mag'lubiyat (2 ta nokaut) alamini totib ko'rgan. O'zi esa 11 ta bahsda raqiblarini muddatidan avval taslim etgan. So'nggi jangini 2019 yilning 2 may kuni Erik Baziniyanga qarshi o'tkazib, mag'lubiyatga uchragan edi.  

Bektemir Meliqo'ziev esa faoliyati davomida 5 ta jang o'tkazib, barchasida zafar quchgan. To'rtta jangda raqiblarini muddatidan avval enggan. So'nggi jangini shu yilning 14 fevral kuni Oskar Kortesga qarshi o'tkazib, nokaut evaziga g'alaba qozongan edi. CHarm qo'lqop ustamiz 28 avgust kuniga belgilangan jangida o'ziga tegishli bo'lib turgan WBA Continental Americas chempionlik kamarini himoya qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

   
28 iyu 10:49:30
Muxsin 0605
Omad Bektemir isminga munosib bo‘lsin mushting ham
   
28 iyu 10:31:55
Dark Warrior
Bektemir xali Uni xam pachag'ini chiqarib tashidi
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing