19 avg 11:41
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemirni enggan Rosado Mungiaga vyzov tashladi. Mungia unga javob qaytardi
Gabriel Rosado Xayme Mungiaga vyzov tashladi.
So'nggi jangida hamyurtimiz Bektemir Meliqo'ziev ustidan g'alaba qozongan amerikalik Gabriel Rosado (41, 26-13-1) Instagram sahifasida meksikalik Xayme Mungia (37-0, 30 KO) bilan jang qilishni xohlayotgani haqida yozib qoldirdi.
«Goldenboy bilan bu epik jangni kuzda o'tkazish uchun muzokaralar olib bormoqda. Odamlar tugatish vaqti tezroq kelishini xohlashmoqda»
Bunga javoban:
«Keling, buni amalga oshiraylik, shunchaki, u so'ragan narsani beraylik»,- deb yozdi meksikalik Instagramida.
Eslatib o'tamiz, Xayme Mungia so'nggi jangini Meliqo'ziev bilan bir oqshomda polshalik Kamil SHermetaga qarshi o'tkazib muddatidan oldin g'alaba qozongan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar