So’nggi yangiliklar

07:12Хамзат Чимаев БАА фуқаролигини олиш қарорини изоҳлади 0 23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0

07 avg 09:19
Yangiliklar

Boks/MMA

Bekzod Xidirov: O'zbekistonga yorug' yuz bilan qaytamiz!

Xabaringiz bor, shu kunlarda Quvaytda boks bo'yicha o'smirlar o'rtasida Osiyo chempionati davom etmoqda. Bahslar 14 ta vazn toifasida tashkil etilgan.

Quvonarlisi, bellashuvlarda ishtirok etayotgan yosh charm qo'lqop ustalarimizning barchasi g'alabali yurishni davom ettirmoqda. 14 nafar bokschimizning barchasi yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati ushbu muvaffaqiyatli natijadan so'ng terma jamoamiz murabbiyi Bekzod Xidirovning fikrlari bilan qiziqdi. 

"Ushbu musobaqa qitamizda ilk marotaba tashkil etilmoqda. Kichik o'smirlar o'rtasidagi musobaqada asosan 2004 va 2005 yillarda tug'ilgan yosh bokschilar ishtirok etishmoqda. Mazkur chempionat orqali 2022 yilgi o'smirlar Olimpiya o'yinlarida ishtirok etuvchi iqtidorlarni saralab olish maqsad qilingan. 

Musobaqa haqida gapiradigan bo'lsam, daraja yuqori. Bahslarda Osiyoning 21 mamlakatidan 150 nafardan sportchi sovrinli o'rinlar uchun kurash olib bormoqda. Sportchilar saviyasi ham juda yaxshi. CHunki, boks qitamizda juda rivojlanib ketdi. Bellashuvlarda doimgidek qozog'istonlik bokschilar yaxshi qatnashishmoqda. SHuningdek, Hindiston, Arab mamlakatlari, Qirg'iziston, Tojikiston terma jamoasi azolari ham faol. 

CHempionat davomida bokschilarimiz o'z darajalarida jang qilishmoqda. Nasib qilsa, natijalarimiz yaxshi bo'ladi va yorug' yuz bilan O'zbekistonga qaytamiz degan niyatdaman", - dedi Bekzod Xidirov.

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati

Reyting:    

Fikrlar

   
07 avg 12:03:58
sport_expert
bekzod aka an4a semiripti
   
07 avg 09:32:40
Dilshot Solihov
Fudzal desa butun osiyo Erondan titraganidek boks desa butun boshli osiyo bizlarnikidan qo'rqib qolishdi. Omatilani bersin.
< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing