08 iyu 10:17
Yangiliklar
Belal Muhammad ketma-ket qabul qilgan uchinchi mag'lubiyatiga izoh berdi
Ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib olgan asli falastinlik Belal kechagi omadsizligiga falsafiy yondashayotgani va shuning barobarida oqshomning ikkinchi muhim jangida Edmen SHahbazyan ustidan g'alaba qozongan jamoadoshi Brendan Allen uchun xursandligini bildirdi.
"Men juda baxtliman, havotirlanmayman. Sen aslida kimligingni hamma narsa sening scenariying bo'yicha ketganda emas, balki hammasi boshqacha bo'lganda bilib olasan. Bu yo'ldan, saboqlardan minnatdorman. Men qaytaman.
Barcha muxlislarimga, jamoamga va oilamga rahmat. Akam Brendan Allenni katta g'alabasi bilan tabriklayman. Uning mashaqqatli mehnati o'z samarasini bermoqda va u kamari sari intilmoqda", - deb yozdi Muhammad ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, kecha Las-Vegasda o'tgan UFC Fight Night 278 turnirining asosiy jangida yarim o'rta vazn toifasi vakili Belal Muhammad amerikalik Gibriel Bonfimga ochkolar (50-45, 50-45, 50-45) hisobiga ko'ra yutqazgandi.

Fikrlar