So’nggi yangiliklar

13:42Раҳмонов жамоасидагилар собиқ UFC чемпиони билан бўладиган жангга изоҳ беришди 0 13:11Александр Волков: "Жон Жонс энг буюк, лекин мен уни мағлуб эта оламан" 0 12:40"Арсенал" етакчиси "Бавария"га ўтиши мумкин 0 11:59Терма жамоамизнинг сўнгги гуруҳи Жаҳон чемпионатига йўл олди 0 11:28WTA 500. Раҳимова ва дунёнинг 23-ракеткаси ўртасида финал тақдири ҳал бўлди 0 10:47Суперлига. Бугун яна учта учрашув бор 0 10:06Ислам Махачев: "Кейинги жангим менинг фаолиятимдаги сўнггиларидан бири бўлади" 0 09:35UFC Fight Night 292 турнирининг тарози натижалари, бир жангчи вазн қила олмади 0 08:54Бугун тўрт эркин курашчимиз жаҳон чемпионатида гиламга чиқади. Ғуломжон бронза йўлида курашади 0 08:13"Олтин тўп"-2026 учун овоз бериш натижалари эълон қилинди 0 07:42АCА 209: Саидёқуб Қаҳрамоновда мағлубият. Холмурод Нурматовчи? (Барча натижалар) 0 07:10Никита Цзю декабрь ойида рингга қайтади 0 22:51Шахмат бўйича 2027 йилги рапид ва блиц Жаҳон чемпионати мезбони эълон қилинди 0 22:14Танташев ва Нажафалиев бригадаси Элит ОЧЛ баҳсларида ишлайди 0 21:31Александр Волков: "Ўзимни чемпион деб биламан" 0

07 iyu 14:56
Yangiliklar

Boks/MMA

Belal Muhammad ketma-ket uchinchi mag'lubiyatini qabul qilgan UFC Fight Night 278 turnirining barcha natijalari

Bugun tong saharda AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida kardidan 12 ta jang o'rin olgan navbatdagi UFC turniri bo'lib o'tdi.

Oqshomning asosiy jangi yarim o'rta vazn toifasida o'tkazilib, unda braziliyalik Gabriel Bonfim promoushenning sobiq chempioni asli falastinlik Belal Muhammadni mag'lub etishni uddaladi va bu bilan reytingda Top-5`talikka kirib olish uchun katta qadam tashladi. Uchchala hakam ham Bonfimning mutlaq (50-45, 50-45, 50-45) ustunligini taminladi. 

Ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritgan Gabriel jangdan keyingi intervyusida keyingi raqibi sifatida divizionning sobiq chempioni, avstraliyalik Jek Della Maddalenani ko'rayotganini malum qildi. Belal Muhammad esa bugun aksincha, qatorasiga uchinchi mag'lubiyatini qabul qilib oldi. 

Turnirning ahamiyati jihatidan ikkinchi jangida amerikalik o'rta vazn toifasi vakili, reytingning to'rtinchi pog'onasidan joy olgan Brendan Allen hakamlarning yakdil qarori bilan vatandoshi Edmen SHaxbazyandan ustun keldi.

Qolgan ahamiyatli natijalarga to'xtaladigan bo'lsak, hamyurtimiz Bogdan Guskovga potencial raqib sifatida taklif etilgan mag'lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan polshalik Ivo Baranevskiy ikkinchi daqiqadayoq Yangi Zelandiya vakili Junior Tafani texnik nokautga uchratdi.

SHuningdek, Brays Mitchell, Alessandro Kosta, Edgar CHayrez, CHelsi CHendler, Joanderson Brito va Ketlin Souza ham bugungi jangda raqiblarini muddatidan avval mag'lub etdi. 


UFC Fight Night 278 turnirining barcha natijalari:

Asosiy kard janglari

Gabriel Bonfim Belala Muhammadni ochkolar hisobiga ko'ra engdi (50-45, 50-45, 50-45)

Brendan Allen Edmen SHaxbazyandan ochkolar bo'yicha ustun keldi (29-28, 30-27, 30-27)

Tom Nolan Fares Ziamni ochkolar bo'yicha yutdi (29-28, 29-28, 29-28)

Brays Mitchell Santyago Lunani sabmishn (qo'lda uchburchak usulida bo'g'ib qo'ydi) – 3-raund, 4:52

Ivo Baranevskiy Junior Tafani texnik nokautga uchratdi (oyoqda zarba) – 1-raund, 1:25


Prelim kard janglari

Alessandro Kosta Mett SHnellni texnik nokaut evaziga mag'lub etdi (zarba) – 1-raund, 2:32

Markus MakGi Jon Yannisni hakamlar qaroriga ko'ra mag'lubiyatga uchrata oldi (29-28, 30-27, 30-27)

Edgar CHayrez Bruno Silvadan sabmishn (ortdan bo'g'ish) evaziga ustun keldi – 1-raund, 4:13

CHelsi CHendler raqibasi Priscila Kachoeyrani sabmishn qildi (tirsak) – 1-raund, 3:42

Joanderson Brito Jordan Livittni sabmishn evaziga engdi (bo'g'ish) – 1-raund, 4:19

Jeysla CHaves raqibasi Yuneysi Dubenni hakamlarning ayri qarori bilan taslim etdi (28-29, 29-28, 29-28)

Ketlin Souza raqibasi Ariani Karnelossini nokautga uchratdi (oyoqda boshga zarba) – 1-raund, 1:34

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing