22 dek 18:20
Yangiliklar
Futbol
Belarus chempionatining so'nggi ikki yildagi eng yaxshi himoyachisi "Navbahor"ga o'tmoqda
Belarus terma jamoasining 30 yoshli futbolchisi Sergey Karpovich yaqin vaqtlarda "Navbahor" bilan shartnoma imzolaydi.
Bu haqda Telegram'dagi "Uxo" kanali xabar bermoqda.
Karpovich faoliyati davomida Belarusning bir qator klublari, shuningdek, "Qaysar" (Qozog'iston) va "Baltika" (Rossiya)da o'ynagan. U so'nggi bor Belarusning "Neman" jamoasi sharafini himoya qilgan. Himoyachi 2020 yildan beri Belarus terma jamoasiga chaqiriladi.
O'yinchi Belarus chempionatida ketma-ket ikki yil eng yaxshi himoyachi deb topilgan.
Havola :
Fikrlar