So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

02 avg 18:45
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash bo'yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi

8-11 avgust kunlari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionati o'tkazilayotgani haqida xabar bergan edik.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligida ushbu nufuzli musobaqani o'tkazishga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 iyuldagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun belbog'li kurash bo'yicha 2002-2004 yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida jahon chempionatini o'tkazish bo'yicha farmoyishida belgilab berilgan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.

Yig'ilishni olib borgan, jismoniy tarbiya va sport vaziri, tashkiliy qo'mita raisi Dilmurod Nabiev milliy sport turimiz hisoblangan belbog'li kurash bo'yicha bunday yirik musobaqa birinchi marta o'tkazilayotganligini takidlar ekan, jahon birinchiligini yuqori saviyada tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi lozimligini aytib o'tdi.

SHundan so'ng tashkiliy qo'mita azolari Toshkent viloyati hokimligi, O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, mamlakat belbog'li kurash federaciyasi, Tashqi ishlar, Sog'liqni saqlash, Ichki ishlar, Madaniyat, Transport vazirliklari va boshqa masul tashkilotlar mutasaddilari musobaqaga tayyorlarlik bo'yicha o'z yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida malumot berishdi.

Xususan, xorijlik mehmonlarni kutib olish, xavfsizlik, musobaqani ochilish va yopilishi marosimidagi badiiy qismlar, transport taminoti, moliyalashtirish, tibbiy xizmat, OAV orqali yoritish kabi masalalar batafsil muhokama qilindi.

Yakunda barcha mutasaddi vazirlik, idora va tashkilotlar vakillari bilan jahon chempionatini yuqori saviyada tashkil etish va o'tkazish bo'yicha rejali ishlarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib olindi.

Eslatib o'tamiz, Olmaliq shahrida joylashgan “Olmaliq KMK” AJ sport majmuasi mezbonlik qiladigan chempionatga Germaniya, Isroil,Hindiston, Eron, Xitoy kabi dunyoning 40 ga yaqin mamlakatidan 200 nafarga yaqin sportchilar tashrif buyurishi kutilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing