So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

30 avg 16:34
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa azolari uchun tadbir tashkil etildi

Xabaringiz bor, 4-11 sentyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida ilk bor MDH davlatlari o'yinlari o'tkaziladi.

Mazkur MDH davlatlari o'yinlari dasturidan belbog'li kurash sport turi ham o'rin olgan. Ushbu nufuzli musobaqada belbog'li kurash bo'yicha 14 nafar terma jamoamiz ham munosib ishtirok etishlari uchun bosh murabbiy Usmon Mahamatov boshchiligida CHirchiq olimpiya zaxiralari kollejida 20-29 avgust kunlari o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazishdi.  

O'quv-mashg'ulotlari yakunlangach, kecha 29 avgust kuni O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi CHirchiq shahar hokimligi, “Adolat” SDP CHirchiq shahar kengashi hamda “Adolat” SDPning “Yosh adolatchilar” qanoti Toshkent viloyati Kengashi bilan hamkorligida CHirchiq shahrida ushbu terma jamoaning musobaqaga ketish oldi va Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan bayram dasturxoni yozib, o'ziga xos kuzatuv tadbirini o'tkazishdi.

Tadbirda CHirchiq shahar hokimi Sanjar Yusupov, sektor rahbarlari, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov va boshqalar ishtirok etib, sportchilarning MDH davlatlari o'yinlarida munosib ishtirok etib, kuchlilar qatoridan joy olishini va oltin medallarni qo'lga kiritib, vatanimiz bayrog'ini eng baland ko'tarilishida bor mahoratlarini namayon etishlarini takidlab, ularga nufuzli bellashuvlarda omad tilashdi.

Tadbir so'nggida CHirchiq shahar hokimligi hamda “Yosh adolatchilar” qanoti Toshkent viloyati Kengashi tomonidan terma jamao azolariga esdalik sovg'alari ulashildi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing