23 noy 17:22
Yangiliklar

Belbog'li kurash. Ertaga Qo'rg'ontepada ochiq turnir o'tkaziladi
O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi ushbu ochiq turnirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, qo'shni Tojikiston hamda Qirg'iziston Respublikalaridan bir yuz ellik nafarga yaqin nomdor polvonlarning ishtirok etishi kutilmoqda.
Mazkur Respublika ochiq turnirida erkaklar -73, -90 va +90 kg vazn toifalarida bellashishadi. Ertangi musobaqa yuqori saviyada o'tishi uchun viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, Qo'rg'ontepa tuman hokimligi tomonidan qizg'in tayyorgarlik ko'rilgan.
Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz
Fikrlar