So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

27 mar 10:22
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Ertaga Xo'jaobodda O'zbekiston Kubogi start oladi

Milliy belbog'li kurashning yoshlar orasida tobora ommalashib borayotganini o'tkazilayotgan bellashuvlar misolida ham ko'rish mumkin.

Quvonarlisi, mamlakat miqyosidagi musobaqlarda barcha hududlaridan ishtirokchilar soni yil sayin ortib borayotgani etibor va say-haraklarning mahsuli sanaladi.

Judayam olis o'tmishdan bizgacha ota-bobolarimiz tomonidan asralib, avaylanib etib kelgan milliy belbog'li kurashning jozibasini anglamoqchi bo'lsangiz polvonlarning kurash tushish jarayonini yaqindan diqqat-nazar bilan kuzatsangiz kifoya. 

Birgina misol, belbog'li kurashni ko'rmagan, kuzatmagan, biroq kurash va ko'pkarilar haqida xo'p va ko'p yozgan, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi azosi, qashqadaryolik taniqli yozuvchi G'ozi Rahmon ham 2003 yili “Barkamol avlod” sport o'yinlarining finalida belbog'li kurash dasturini aynan Andijon viloyatining Xonobod shahrida o'tkazilgan jarayonini yoritish maqsadida bormaganida, ko'rmaganida bu sport turiga oshiq bo'lmasdi. Hatto oshiq va shaydo bo'lib, hayratini yashirolmasdan  ushbu sherni belbog'li kurash maydonidan turib bitmagan bo'larmidi.

Belbog'li kurash                              

Belbog'ini topib bersang zaminni,

Ozod ko'targuday shiddating bordir.

Tumoringga joylab ming imkonni,

Jismingda Alining imdodi yordir.

Etti pushting polvon o'tganmi, bekam,

Senga savolim bor, vodiylik ukam.

SHaxtu shiddat bordir aslingda.

Arslonlar o'tganmiyo naslingda?

Kuching qo'lingdami yoki belingda?

Quchog'ingga tushgan qolmaydi omon,

Aylantirib ozod urganing yomon.

Temir qo'shib qorilganmi loying?

Paydan yaratilgan yo hamma joying?

Zaminga avaylab oyog'ingni bos,

Botib ketmasinda temir tovoning.

To'ningdami yoki sehr ila jodung?

Yag'riningni balki pari silagan,

Balki onajoning alla beshikda,

Polvonlik baxtini yig'lab tilagan.

Singilginang tikkan belbog'ing,

Belingdagi kuchni asraydi bisyor,

Zam-zam bulog'idan bobong suv ichgan.

Nopok luqmalardan otang voz kechgan.

Onang emizganmi olti yoshingda,

Duolar aylanar polvon boshingda.

Kuching qo'lingdami yoki belingda?

Saodat topaver polvon elingda!

Xullas, Andijon viloyati Xo'jaobod tumanida ertadan yana uch kun davomida milliy belbog'li kurash bo'yicha qizg'in bellashuv.  

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi taqvim-rejasidan o'rin olgan mazkur bellashuvda mamlakatimizning barcha hudularidan belbog'li kurash bilan shug'ullanayotgan 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishi bo'yicha 28-30 mart kunlari o'z vazn toifalarida O'zbekiston Kubogi  bahslarida ishtirok etishadi. 

Maqsad va vaziflar hamisha mushtarak - o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom, baquvvat va barkamol qilib tarbiyalash, yoshlarimizni  milliy qadriyatlarimizni ezozlash va ona vatanga muhabbat ruhida ulg'aytirish, o'g'il-qizlarni milliy sport turi sanalagan belbog'li kurashga jalb etish orqali ommalashtirish va rivojlantirish, shuningdek, yana bir asosiy maqsad - milliy belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasini shakllantirish uchun iqtidorli polvonlarni saralash va xalqaro sport  maydonlaridan turib Yurtni ulug'lash.

Biz ham musobaqa jarayonlari haqida kurash maydonidan turib yoritib borishni niyat qilganmiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing