15 iyu 18:26
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurash. G'ijduvonda mamlakat chempionati start oldi
Bugun Buxoro viloyati G'ijduvon tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida milliy belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionatiga start berildi.
O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 250 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishmoqda.
Musobaqada o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'n bitta vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishda ettita vazn toifasiga ko'ra kuch sinashishmoqda. SHuningdek, bugun chempionatning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. Bellashuvlar 16 iyungacha davom etadi.
Toshkent YAXSHIBOEV, O'zbekiston milliy Belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar