So’nggi yangiliklar

14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0 10:12WBC рейтинги янгиланди: деярли барча боксчиларимизда ўсиш! 0 09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0 08:40"Реал" яхши таклиф тушса, Камавингани ёзда сотиб юбориши мумкин 0 08:12Гимнастика бўйича Исроил терма жамоаси хавфсизлик муаммоси сабабли Тошкентдаги Жаҳон кубогига келмайди 0 07:30Бугун икки боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0

17 noy 11:29
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Jizzaxda O'zbekiston Kubogi o'tkazildi

15-16 noyabr kunlari Jizzax ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur O'zbekiston kubogida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan yuz nafardan ortiq polvonlar belbog'li kurashning klassik yo'nalishida -55, -60, -66, -73, -81, -90, -100 va +100 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun kuch sinashishdi. 

Takidlash lozim, mazkur kubok bahslarida Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi tomonidan ko'rsatilgan tashabbus va rag'bat musobaqaning yuqori saviyada, shiddatli va murosasiz o'tishini taminladi. 

O'zbekiston kubogi g'oliblari:

-55 kg. Diyorxo'ja Mo'ydinov (Farg'ona)

-60 kg. Husan Nosirov (Andijon)

-66 kg. Jasurbek Sotivoldiev (Farg'ona)

-73 kg. Sardorbek Madaminov (Andijon)

-81 kg. Husniddin Ro'ziev (Jizzax)

-90 kg. Muhammadmahmud Ashurov (Andijon)

-100 kg. Azamjon Anvarjonov (Jizzax)

+100 kg. SHerzod Rahimov (Farg'ona)

Musobaqa yakuniga etgach, taqdirlash marosimi tashkil etildi. Kuchli uchlikdan joy olgan sportchilar tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi.  

Ilhom RAHMONOV tayyorladi 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing