So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

18 okt 14:31
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Namanganda O'zbekiston chempionati boshlandi

Bugun Namangan viloyati Namangan tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bellashuvlariga start berildi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur chempionatda Qoraqalpog'iston Respublikasi,Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar ishtirok etishmoqda. 

Mamlakat chempionatida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik usullarida o'nta vazn toifasida, qizlar erkin yo'nalishda ettita vazn toifasida g'oliblikuchun kurash tushishmoqda. SHuningdek, musobaqa doirasida chempionatning tantanali ochilish marosimi ham tashkil etildi. 

Marosimda Namangan tuman hokimi Sadriddin Mo'minov, Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SHokirjon Qoraboev, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi bosh kotibi Abdixalil Malikov, belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiiy Azamjon SHokirjonov, Namangan viloyat belbog'li kurash federaciyasi bosh murabbiiy Nematullo To'ychiev so'zga chiqishdi. 

Ular mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan yuksak etibor bois, yoshlarimizning xalqaro sport arenalaridagi salmoqli natijalari xususida alohida to'xtalishar ekan, musobaqada ishtirok etayotgan yosh sportchilarning ham kun kelib jahon chempionatlari, olimpiya o'yinlarida Yurt shani uchun bor mahoratlarini namoyish etib, g'oliblikni tantana qilishlariga ishonch bildirdi. 

SHundan so'ng Namangan tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi, bolalar va o'smirlar sport maktabi tashabbusi bilan sportchi jamoalarning ko'rgazmali chiqishlari, ochilish marosimiga yanayam ko'taringkilik bag'ishladi. Musobaqa 20 oktyabrga qadar davom etadi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing