11 dek 10:41
Yangiliklar
Belbog'li kurash. Nukusda O'zbekiston Kubogi o'tkazildi
O'zbekiston Respublikasi sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat kubogi bellashuvlarida barcha viloyatlar va Toshkent shahridan 300 nafardan ortiq sportchilar belbog'li kurashning klassik va erkin yo'nalishida kuch sinashishdi.

Nukus olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida o'tgan murosasiz bellashuvlarda Nozigul Sotvoldieva (Andijon), SHahlo Kalmuratova (Qoraqalpog'iston), Hasanboy Rahimjonov (Namangan), SHohjahon Abdujabborov (Farg'ona), Tolibjon Nabijonov (Sirdaryo) singari yoshlar o'z vazn toifalarida g'oliblikka sazavor bo'lishdi.

Umumjamoa hisobida esa Andijon viloyati terma jamoasi eng ko'p medallar jamg'arib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi o'rinni Namangan viloyati jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, uchinchi o'rin mezbonlar jamoasiga nasib etdi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.






Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar