So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

16 mar 15:14
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. O'zbekiston kubogida g'oliblar aniqlandi

Navoiy viloyati Nurota tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida belbog'li kurash bo'yicha 2004-2005 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi yakuniga etdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur musobaqada Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlardan 300 nafardan ortiq yosh polvonlar ishtirok etishdi. 

Mamlakat kubogi bahslarida o'g'il bolalar belbog'li kurashning erkin va klassik usullarida o'n bir vazn toifasida, qizlar esa erkin yo'nalishda ettita vaznda g'oliblik uchun gilamga chiqishdi. Murosasiz o'tgan bellashuvlarda qo'yidagi yosh polvonlar o'z vazn toifalarida birinchilikni qo'lga kiritib, g'oliblikni tantana qilishdi.

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

32 kg. SHuhratbek Qirg'izboev (Andijon), 35 kg. Izatilla Jumanov (Farg'ona), 38 kg. Samandar Soliev (Farg'ona), 42 kg. Kamronmirzo Ismonaliev (Namangan), 46 kg. Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona), 50 kg. Jahongir Eshqo'ziev (Sirdaryo), 55 kg. Ilyosbek Yoqubjonov (Andijon), 60 kg. Fayzullo Muptillaev (QQR), 65 kg. 1. Samandar Anvarov (Farg'ona), 71 kg. Xurshidbek Yuldashev (Andijon), +71 kg. Ilyosbek Mirzahmatov (Namangan).

Qizlar (Erkin yo'nalish)

40 kg. Moldir Alimboeva (QQR), 44 kg. Madina Akramova (Namangan), 48 kg. Yasmina Sodiqova (Namangan), 52 kg. Sayyora Muratbaeva (QQR), 57 kg. Mohinur Rahmonova (Xorazm), 63 kg. Oydinaxon Otaqulova (Andijon), +63 kg. O'g'iloy Salimova (Farg'ona). 

O'g'il bolalar (Erkin yo'nalish)

32 kg. SHahriyor Muqimov (Farg'ona), 35 kg. Jo'rabek Mamadaliev (Namangan), 38 kg. Xurshid Eshbekov (Samarqand), 42 kg. Habibjon Abdirashidov (Toshkent sh.), 46 kg. Asadbek Ergashaliev (Farg'ona), 50 kg. Asomiddin Zokirjonov (Namangan), 55 kg. Navro'zbek Maxamadaliev (Namangan), 60 kg. Odiljon Pazliddinov (Namangan), 65 kg. Sardorbek Sodiqjonov (Namangan), 71 kg. Diyorbek Norqulov (Sirdaryo), +71 kg. Boburbek Madaminov (Farg'ona).

Bellashuvlar yakuniga etgach, g'olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. 

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz   

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing