So’nggi yangiliklar

18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0 11:35Бектемир Меликўзиев чемпионлик жангидан четда қолди(ми?) Хайме Мунгиянинг кейинги рақиби ва жанг санаси эълон қилинди 0

28 avg 09:01
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Polvonlarimiz jahon chempionatida 18 ta medal qo'lga kiritishdi

24-27 avgust kunlari Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Mazkur jahon chempionatiga puxta hozirlik ko'rgan belbog'li kurash bo'yicha o'smirlar va qizlardan iborat 34 nafar terma jamoamiz azolari munosib ishtirok etishdi.

Yakuniy natijalarga ko'ra, sportchilarimiz 5ta oltin, 7 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qulga kiritib, 15 ta davlat sportchilari orasida umumjamoa hisobida faxrli ikkinchi o'rinni band etishdi. 

G'olib va sovrindor kurashchilarimiz:

Oltin medal

45 kg. Xumoyunmirzo Bilolidinov (Andijon),

50 kg. SHuhratbek Qirg'izboev  (Andijon),

55 kg. Abbos Ahmadjanov  (Namangan),

44 kg. Naimaxon Subxonalieva (Farg'ona),

63 kg. SHodiyona Umrzoqova (Qashqadaryo). 


Kumush medal

65 kg. Asilbek Tojiboev (Toshkent sh.),

+95 kg. Dostonbek Ismatilloev (Sirdaryo),

44kg. Jasmina Mamurjonova (Farg'ona),

48 kg. Gulsanam Abdukarimova (Farg'ona),

52 kg. Arofat Muhhammadova (Andijon), 

63 kg. Feruza Yusufjonova (Namangan),

70 kg. Nilufar Isaqova (Andijon). 


Bronza medal

45 kg. Samandar Burhanov (Jizzax),

71 kg. Ozodbek Abdusattorov (Farg'ona), 

77 kg. Abdukarim Toshpo'latov (Samarqand),

52 kg. Feruza Sobirova (Namangan),

70 kg.  Oydina Ergasheva (Namangan),

+70 kg Xurshidaxon Oslonboeva (Farg'ona). 

Jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sport delegaciyamiz O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida Toshkentga qaytib kelishdi. Islom Karimov nomidagi "Toshkent' xalqaro aeroportida sportchilarni ota-onalari va yaqinlaridan iborat keng jamoatchilik tantanalar bilan kutib olishdi.  

Mazkur jahon chempionatida rasmiy mehmon sifatida ishtirok etgan hamyurtlarimiz, jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev hamda Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Muratovlar ham kutib olish marosimida  sportchilar va ularning yaqinlarini qutlashdi. 

O'z o'rnida ota-onalar va chempion sportchilar ham jahon belbog'li kurash associaciyasi tomonidan  ko'rsatilayotgan amaliy yordamdan minnatdor ekanliklarini takidlashdi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing