So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

01 dek 13:00
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Polvonlarimiz Jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi bo'lishdi

26-29 noyabr kunlari BAAning Fujayra shahrida belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Quvonarlisi, mazkur dunyo birinchiligida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligida terma jamoamiz ham ishtirok etib, munosib natijalarga erishdi. 

Terma jamoa bosh murabbiy SHavkat Mirzaqulov, yordamchi murabbiy Baxtiyor Turg'unpo'latov hamda ayollar terma jamoasi bosh murabbiyi Sergey Txak shogirdlari 30 dan ortiq davlatdan 300 nafardan ziyod polvonlar ishtirokidagi jahon chempionatida umumjamoa hisobida eng ko'p medallar bilan faxrli birinchi o'rinni qo'lga kiritishdi.

Fujayra shahridan shoda-shoda medallar bilan qaytgan polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Osiyo belbog'li kurash konfederaciyasi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi vakillari, keng jamoatchilik tomonidan tantanali kutib olindi.

Jahon chempionati g'olib va sovrindorlari:

Belbog'li kurashning erkin yo'nalishi 

Oltin medal sohiblari 

57 kg: Hayotbek Kamoliddinov

68 kg: Oybek Sultanov 

75 kg: Kamronbek  Nomozboev 

82 kg: Nusratillo Sultonboev 

+100 kg: Azamjon Anvarjonov 


Kumush medal sovrindorlari

62 kg: Abbosek Ahmadjonov 

100 kg: Sarvar Ikromov


Bronza medal sovrindorlari 

62 kg: Jamoliddin Nematullaev 

68 kg: Diyorbek Polvonov 

75 kg: Murodjon Hamidov 

90 kg: Husniddin  Ro'ziev 

90 kg: Bekzodbek Kamoliddinov 

+100 kg: O'rinboy Abdusamotov 

Qizlar 

Oltin medal sohibalari

52 kg: Arofatxon Muhammadova 

66 kg: Dilafro'z  Mamajonova 


Bronza medal sovrindorlari

58 kg: Manzuraoy Mo'ydinova 

76 kg: Muxlisabonu O'ralboeva 


Klassik yo'nalish: 

Oltin medal sohiblari

57 kg: Hasanboy Urayimov 

68 kg: Kamronmirzo Ismonaliev 


Kumush medal sovrindorlari

57 kg: Nasimjon Tursunov 

62 kg: Asadbek Mamataliev 

68 kg: Ortiqjon Yuldoshev 

75 kg: Samandar Anvarjonov  

+100 kg: Davronbek Abduraxmonov 


Bronza medal sovrindorlari

82 kg: SHahzodbek Mirzayorov

82 kg: Fayozbek Abdug'afforov

90 kg:  Pahlavon Umaraliev 

90 kg: Bekzod Abdurahmonov 

100 kg: Faxriddin Jamoliddinov 

+100 kg: Uchqun Xursandov. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing