So’nggi yangiliklar

14:14"Хамзат Стриклендни уч раунд ичида нокаут қилади" - мураббий 0 13:42Халқаро гимнастика федерацияси президенти Моринари Ватанабе Тошкентга келди 0 13:20Уайт Оқ уйдаги турнир қандай ҳолатда тўхтатилиши мумкинлигини айтди 0 12:58Осиё кубоги. Қизларимиз тарихий натижа қайд этишди 0 12:36Аёллар терма жамоамиз Осиё чемпионатини 5 та медаль билан якунлади 0 12:12Топурия: "Учинчи камар фақат Махачев билан жангдагина маънога эга" 0 11:40Octagon League собиқ чемпиони Анвар Абдуллаев нуфузли ММА Лигаси билан шартнома имзолади 0 11:16Тайсон Фьюри нима учун ҳамон фаолиятини давом эттираётганини тушунтирди 0 10:48Суперлига. Бугун ўзбек "Эл Класико" бор 0 10:12WBC рейтинги янгиланди: деярли барча боксчиларимизда ўсиш! 0 09:38Полина Кудерметова Мадрид турнирида чорак финалга йўл олди 0 09:15Менежер Ислам Махачевни ёлғончиликда айблади 0 08:40"Реал" яхши таклиф тушса, Камавингани ёзда сотиб юбориши мумкин 0 08:12Гимнастика бўйича Исроил терма жамоаси хавфсизлик муаммоси сабабли Тошкентдаги Жаҳон кубогига келмайди 0 07:30Бугун икки боксчимиз Осиё чемпионлиги учун жанг қилади 0

29 noy 15:06
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Polvonlarimizning Nur-Sultondagi muvaffaqiyati + FOTO

27-28 noyabr kunlari Qozog'iston Respublikasining Nur-Sulton (Ostona) shahrida belbog'li kurash bo'yicha (borba na poyasax) 1999-2001 yillarda tug'ilgan yoshlar o'rtasida jahon chempionati bo'lib o'tdi.

Yigirmadan ortiq davlatdan 200 nafarga yaqin sportchilar ishtirokidagi ushbu jahon chempionatida o'g'il bolalar -57, -62, -68, -75, -82, -90, -100 va +100 kg. vazn toifalarida, qizlar esa -48, -52, -58, -66, -76 hamda +76 kg. vazn toifalarida g'oliblik uchun bellashishdi. 

Quvonarlisi, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi, xalqaro belbog'li kurash federaciyasi (IBWA)ning vice-prezidenti Ravshan Dastirov (delegaciya rahbari), belbog'li kurash bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi Usmonjon Mahamatov boshchiligidagi polvonlarimiz mazkur jahon chempionatida bitta oltin, ikkita kumush va ettita bronza medallarni qo'lga kiritib, kuchlilar qatoridan munosib joy olishdi. 

G'olib va sovrindorlar: 

Oltin medal

48 kg. Bibigavxar Polatbaeva (Qoraqalpog'iston)

Kumush medal

+76 kg. Nasiba Abdalova (Qoraqalpog'iston)

-68 kg. Xolmirza Hasanboev (Toshkent)

Bronza medal

-62 kg. Muxtorjon Ahmadjonov (Namangan)

-66 kg. SHoira Qalandarova (Xorazm)

-68 kg. Anvarbek Rahimov  (Buxoro)

-75 kg. Sardorbek Madaminov (Andijon)

-82 kg. Ziyodilla Tursunboev (Namangan)

-100 kg. Nodirbek Ahatjonov (Toshkent)

+100 kg. Sanjar Tursunaliev (Toshkent v.)

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing