So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

25 noy 11:54
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Qo'rg'ontepada ochiq turnir o'tkazildi + FOTO

23-24 noyabr kunlari Andijon viloyati Qo'rg'ontepa tumani markazidagi aholi dam olish istirohat bog'idagi maxsus kurash arenasida belbog'li kurash bo'yicha Andijon viloyat hokimi sovrini uchun Respublika ochiq turniri bellashuvlari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi ushbu ochiq turnirda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar, qo'shni Qirg'iziston Respublikalaridan bir yuz ellik nafarga yaqin nomdor polvonlar ishtirok etishdi. 

Mazkur Respublika ochiq turnirida erkaklar -73, -90 va +90 kg. vazn toifalarida bellashishdi. Musobaqaning yuqori saviyada o'tishi uchun viloyat hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi, Qo'rg'ontepa tuman hokimligi tomonidan qizg'in tayyorgarlik ko'rilgani bois, besh ming o'rinli arena belbog'li kurash muxlislari bilan to'lib toshdi. 

CHin manoda sport bayramiga aylangan musobaqada asosan vodiy viloyatlarining ko'zga ko'ringan, nomdor polvonlari bosh sovrinlarga davogarlik qilishdi. Garchi, shu kuni harorat pasayib, sovuq ob-havo hukmronlik qilishiga qaramay, arenaga hatto sig'may ketgan belbog'li kurash shaydolari polvonlarni olqishlashdan to'xtamadi. Alp kelbatli polvonlar esa g'oliblikni tantana qilib, tashkilotchilar va homiylarning qimmatbaho sovrinlariga ega bo'laverishdi.   

G'olib va sovrindorlar:

-73 kg vazn toifasi

1. Ilhomjon Mashrabov (Andijon)

2. Sardor Madaminov (Andijon)

3. Ro'zioxun Ro'zioxunov (Andijon)

3. Murodjon Hamidov (Namangan)


-90 kg vazn toifasi

1. Nodirbek Ahadjonov (Andijon)

2. Husniddin Ro'ziev (Andijon)

3. Maxsim Turg'unboev (Andijon)

3. Muhammadashur Ashirov (Andijon)

+90 kg. vazn toifasi

1. Zohid Ismoilov (Farg'ona)

2. SHerzod Rahimov (Farg'ona)

3. Obidali Mavlonov (Farg'ona)

3. Davron Abdurahmonov (Farg'ona)

Bellashuvlar yakuniga etgach, taqdirlash marosmi bo'lib o'tdi. G'olib va sovrindorlar diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi. Turnirda Andijon viloyati hokimi SHuhrat Abdurahmonov ishtirok etdi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing