04 okt 09:06
Yangiliklar
Belbog'li kurash rasman Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari dasturidan joy oldi
Mazkur o'yinlarida milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash bo'yicha ham 17 nafar sportchilarimiz federaciya raisi Ravshan Dastirov boshchiligida ishtirok etishdi. Polvonlarimiz dastlab belbog'li kurash bo'yicha ko'rgazmali chiqishlarini namoyish etishdi.
Turli ko'rinishda bajarilgan belbog'li kurash usullari tomoshabinlar olqishiga sazovor bo'ldi. SHuningdek, vakillarimiz belbog'li kurash sport turlari bo'lmish kuresh va alysh bo'yicha belgilangan vazn toifalarida bellashishdi.
O'ttizdan ortiq davlatlardan yig'ilgan polvonlar orasida kurashchilarimiz 6 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, kuchlilar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishdi.
Yana ham quvonarlisi, belbog'li kurash sport turi Butunjahon ko'chmanchilar o'yinlari dasturidan rasman joy oldi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Fikrlar