So’nggi yangiliklar

22:42Жаҳон тожи учун матч. Жавоҳир Синдаров илк партияни якунлади 0 19:02ХОҚ 2028 йилги ёшлар қишки Олимпия ўйинлари саналарини эълон қилди 0 18:30Энцо Мареска: "Ҳусановнинг энг яхши позицияси — марказий ҳимоя" 0 17:52«АҚШга бора олмай қолиши мумкин». Менежер Усман Нурмагомедов учун эҳтимолий жазолар ҳақида гапирди 0 17:00Нодирбек Абдусатторов London Chess Classic 2026 турнирида қатнашади 0 16:05Россия бокс федерацияси World Boxing’нинг тўлақонли аъзосига айланди 0 15:12Нури Шаҳин Шомуродовнинг ўйинига баҳо берди ва Файзуллаевнинг қачон сафга қайтишини айтди 0 14:30Топурия Пимблеттга жанг таклиф қилди 0 13:42Қозоғистон Тошкентда ўтадиган Жаҳон кубогининг якуний босқичи учун таркибини эълон қилди 0 12:59Жамолиддин Раҳмонжонов Тошкентдаги Octagon 94 турнирида иштирок этади 0 12:06ЎзПФЛ Ўзбекистон кубоги финал майдони ва санаси ҳақида маълумот берди 0 11:38БУМ! Ўзбекистондаги UFC турнири қачон ва қаерда ўтказилиши ҳақида маълумотлар пайдо бўлди (ФОТО) 0 11:04Гандболчиларимиз аёллар ўртасидаги Осиё чемпионатида иштирок этишмоқда 0 10:38"The Notorious қайтди" — Макгрегор тиззасидаги операциядан сўнг машғулотларни бошлаганини маълум қилди 0 10:07Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади 0

31 mar 17:34
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Xo'jaobodda O'zbekiston kubogi yakunlandi FOTO

Andijon viloyati Xo'jaobod tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida milliy belbog'li kurash bo'yicha 2003-2004 yilda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqasi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi  mazkur musobaqada mamlatkatimizning barcha hududlaridan 250 nafarga yaqin o'g'il-qizlar ishtirok etishdi. 

O'g'il bolalar belbog'li kurash va erkin yo'nalishda 11, qizlar esa xuddi shu  yo'nalishlarda 7 ta vazn toifasida o'zaro kuch sinashishdi. Murosasiz o'tgan bellashuvlarda quyidagi sportchilar g'oliblik shohsupasiga ko'tarilishdi.

Klassik o'ynalish (o'g'il bolalar)

35 kg. Bunyod Rasulov (Farg'ona), 35 kg. Muhamadyusuf Muhammadullaev (Andijon), 38 kg. Hayotbek Kamoliddinov (Farg'ona), 42 kg. Ilyos Yoqubjonov (Andijon), 46 kg. Abdubanna Mamasidiqov (Farg'ona), 50 kg. Abduqodir Avazbekov (Namangan), 55 kg. Hayitbek Hasanov (Andijon), 60 kg. Samandar Nurmuhammedov (Namangan), 65 kg. Bekzodbek Kamoliddinov (Andijon), 71 kg. Dilshodbek Nishonov (Andijon), +71 kg. Diyorbek Xudoyberganov (Toshkent v.).

Klassik yo'nalish (qizlar)

40 kg. Madinabonu Akromova (Namangan), 44 kg. Mahliyo Egamberdieva (Namangan), 48kg. Mohidil Mahmudxonova (Namangan), 52 kg. Muxlisa Egamberdieva (Andijon) , 63 kg. Xurshida Mamadalieva (Farg'ona), +63 kg. SHirinoy Yuldosheva (Namangan).

Erkin yo'nalish (o'g'il bolalar)

32 kg. Anvarjon Turg'unov (Farg'ona), 35 kg. SHaxzod Usmonov (Toshkent v.), 38 kg. Behruz Abdurahmonov (Navoiy), 42 kg. Jahongir Eshqo'ziv (Sirdaryo), 46 kg. Abubakir Do'stmamatov (Navoiy), 50 kg. Navro'zbek Muhamadaliev (Namangan), 55 kg. Abdushukur Abdurashidov (Namangan), 60 kg. Olimjon Mirzaolimov (Farg'ona),  65 kg. SHerdor G'ofurov (Toshkent sh), 71 kg. Jasurbek Rasulov (Toshkent sh.), +71 kg. Boburbek Madaminov (Farg'ona).

Erkin yo'nalish (qizlar)

40 kg. Sayyora Kenjaboeva (Namangan), 44 kg. SHahrinsabonu Nabijonova (Namangan) 48 kg. Karomat Davletova (Xorazm), 52 k. Yulduz Abdullaeva (Sirdaryo), 57 kg. Diyora Zuxriddinova (Namangan), 63 kg. Sarvinoz Usmonjonova (Andijon), +63 kg. Nodiraxon Rahmonova (Andijon).

G'olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg'alari bilan mukofotlanishdi.

Yulduz ABDULLAEVA (Sirdaryo), 52 kg.da birinchi o'rin sohibasi: 

Musobaqa qiziqarli va mursasiz tarzda o'tdi. G'oliblikni qo'lga kiritishim oson kechmadi. Jamoamizdan shuningdek, 42 kg.da Jahongir Eshqo'ziev birinchi o'rinni qo'lga kiritgan bo'lsa, 60 kg.da Husan Abdullaev hamda 44 kg.da Gavhar Abdusobirova ikkinchi, 57 kg.da Sayida Egamnazarova uchinchi o'rinni band etishdi. Bunday muvaffaqiyatlarga erishishimizda ustozimiz, Guliston shahar ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining belbog'li kurash bo'yicha  bosh murabbiyi Javlon Mirjumaev, sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari, belbog'li kurash bo'yicha jahon chempioni Asilbek Egamberdievlarga rahmat aytmoqchimiz. Qolaversa, maktab-internatimizda yaratilgan qulay shart-sharoitlar ham kuchlilar qatorida bo'lishimiz uchun xizmat qilayotganidan mamnunmiz. Niyatimiz - xalqaro musobaqalarda ham g'oliblikni tantana qilishdan iborat bo'ladi.      

Ilhom RAHMONOV tayyorladi     

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing