So’nggi yangiliklar

19:05Ёқубов реванш учун Гаирбековга ўз гонорарини беришга ҳам тайёр 0 18:40"Бу ҳақда ҳамма жим". Стрикленд UFC’ни кескин танқид қилиб, ташкилотни тарк этиш ниятини билдирди 0 18:11Алекс Перейра нима учун боксга ўтмаслигини тушунтирди 0 17:40Чеферин тўртинчи муддатга ўз номзодини қўйишга қарор қилди 0 17:14WBA Хайме Мунгиянинг жангини тасдиқламади ва вазиятга муносабат билдирди 0 16:30"Опетайяни осонгина мағлуб этаман". Шон Стрикленд боксга ўтишга тайёрлигини билдирди 0 15:41Жанибек Алимханулининг чемпионлик жанги қачон ва қаерда ўтиши маълум бўлди 0 15:12Меҳди Тартар: "Ўзбекистон билан мунтазам ўйнаш Эрон терма жамоасининг обрўсини туширмоқда" 0 15:07Илья Сибирцев Жаҳон кубогида совриндор бўлди (ФОТО) 0 14:41Жавоҳир Умматалиевнинг Лондондаги рақиби испаниялик бўлади 0 14:10UFC шарҳловчиси Жо Роган янги шартнома бўйича чорак миллиард доллар олади 0 13:39Мексикада рестлинг турнири чоғида 75 ёшли ҳакам қабул қилинган усулдан сўнг вафот этди + ФОТО 0 13:08"Ўғлимни катта дарвозадан эмас, орқа эшикдан чиқариб юборишди". Роналдунинг онаси терма жамоа атрофидаги машмашаларга муносабат билдирди 0 12:37Кормье Гэтжини огоҳлантирди: "Бундай қилиш ярамайди" 0 12:06Тошкентда сузиш бўйича Жаҳон кубоги бошланди 0

28 mar 13:48
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Xo'jaobodda O'zbekiston Kubogiga start berildi

Bugun Andijon viloyati Xo'jaobod tumanidagi bolalar va o'smirlar sport maktabida 2003-2004 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida milliy belbog'li kurashning belbog'li kurash va erkin yo'nalishlari bo'yicha O'zbekiston kubogiga start berildi.

O'zbekiston Kubogi bellashularida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan 250 nafarga yaqin yosh polvonlar g'oliblik yo'lida kuch sinashishmoqda. Ushbu musobaqada o'g'il bolalar har ikkala yo'nalishda 11, qizlar esa 7ta vazn toifasida bellashishadi.

Bellashuvlarning qizg'in va murosasiz o'tishida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Adolat” social demokratik partiyasi viloyat Kengashi, Xo'jaobod tuman hokimligi, tuman bolalar-o'smirlar sport maktabi va boshqa jamoat tashkilotlari O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi va uning viloyat bo'limi bilan bevosita hamkorlik qilishmoqda. 

Musobaqa doirasida tashkilotlar hamkorligida o'tkazilgan ochilish marosimi ham tantanavor, bayramona tarzda tashkil etildi. Tadbirda  qatnashgan Xo'jaobod tuman hokimi Otabek Rasulov, Oliy majlis qonunchilik palatasi deputati Muharramxon Dadaxo'jaeva, O'zbekiston “Adolat” SDP Andijon viloyat kengashi rais o'rinbosari Maloxatxon Musaeva hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirovlar so'zga chiqib, musobaqa ishtirokchilarini tabriklab, barcha sportchilarga omad tilashdi.      

Bellashuvlar 30 mart kuniga qadar davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing