So’nggi yangiliklar

18:25Биринчи ракеткамиз Манама "Челленжер" турнирининг 1/4 финалида 0 18:04Саудия Арабистони стадионлар қурилиши учун қарз беради 0 17:43FIDE Жаҳон кубогининг энг ёш чемпиони Жавоҳир Синдоров тантанали кутиб олинди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 17:22Арман Царукян агар Топурия бўлмаса, кимга қарши жанг қилишга тайёрлигини айтди 0 17:01Дзюдочиларимиз Abu Dhabi Grand Slam 2025 турниридаги рақибларини билиб олишди 0 16:40"У менинг тезлигим ва футворкимга дош бера олмайди". Жейк Пол — Жошуа билан жанг ҳақида 0 16:10Тимур Кападзе: "Индонезияга бу ердаги муҳитни кўрай деган мақсадда келдим" 0 15:36Жавоҳир Синдаров Президент томонидан фахрий унвон ва 3 хонали уй билан тақдирланади 0 15:15IJF россиялик дзюдочиларга байроқ билан мусобақаларда қатнашишга рухсат берди 0 14:39Тошкент бокс бўйича яна бир катта мусобақага мезбонлик қилади 0 14:16ЖЧ-2026. Ҳозирга келиб, қанча чипта сотилгани эълон қилинди 0 13:44"Жошуа учун бу узоқ тун бўлади". Жейк Пол Энтони Жошуадан қай томонлама устун эканлигини айтди 0 13:20"Ҳали тугатганим йўқ. Бу — фақат бошланиш". 41 ёшли Фергюсон фаолияти ҳақида гапирди 0 12:57Илия Топурия 2026 йил баҳорида жанг қилади - инсайдер 0 12:33Мбаппе EЧЛ рекордини ўрнатди 0

21 okt 16:18
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurash. Yosh polvonlar Namangan tumanida kuch sinashishdi

Namangan viloyati Namangan tumanidagi bolalar-o'smirlar sport maktabida milliy belbog'li kurash bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston milliy belbog'li kurash federaciyasining yillik taqvim-rejasidagi mazkur mamlakat chempionatida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan uch yuz nafarga yaqin sportchilar ishtirok etishdi. 

Musobaqada o'g'il bolalar erkin va klassik yo'nalishlarda o'n bitta vazn toifalarida, qizlar esa erkin yo'nalishda ettita vazn toifasida kuch sinashishdi. Murosasiz va shiddatli bahslarga boy bo'lgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko'ra, quyidagi o'g'il-qizlar g'oliblik shohsupasiga  ko'tarilishdi.

O'g'il bolalar (klassik yo'nalish)

27 kg. 1. Bahodirjon Olimov (Farg'ona) 

30 kg. 1. Janaris SHinbatirov  (Qoraqalpog'iston)

33 kg. 1. Akbarjon Sobirjonov (Andijon)

36 kg. 1. Sohibjon Boymatov (Toshkent)

40 kg. 1. Samandar Soliev (Farg'ona)

44 kg. 1. Bumosher Sobirov (Andijon)

48 kg. 1. Asadbek Ikromov (Namangan)

52 kg. 1. Umarbek Umrzoqov (Farg'ona)

55 kg. 1. Nodirbek G'ofurov (Samarqand)

60 kg. 1. Dilyorbek Azizullaev (Andijon)

+60 kg. 1 Otabek Mirzanazarov (Farg'ona)

Qizlar (erkin yo'nalish)

33 kg. 1. Nafisaxon Ravshanova (Andijon)

36 kg. 1. Gulsanam Rahmatullaeva (Namangan)

40 kg. 1. Juldiz Karazova (Qoraqalpog'iston)

44 kg. 1. Eldora Alimboeva (Qoraqalpog'iston)

48 kg. 1.O'g'iloy Kamoliddinova  (Andijon)

52 kg. 1. Zilola Yigitalieva (Namangan)

+52 kg. 1. Ruxshonaxon Madaminova (Andijon)


O'g'il bolalar (erkin yo'nalish)

27kg. 1.Fayozbek Sobirjonov (Namangan)

30 kg. 1. Abdumajid Hasanboev (Andijon)

33kg. 1. Mirzaabdal Miraxmatov (Toshkent v.)

36 kg. 1. Abdulazizxon Muhammadov (Farg'ona)

40 kg. 1.Ilyos Yo'ldoshev (Sirdaryo)

44 kg. 1. Asilbek Tojiboev (Sirdaryo)

48 kg.1. Umidillo Yoqubjonov (Andijon)

52 kg. 1. Izzatullo Abdukarimov (Farg'ona)

60 kg. 1. Biloliddin Mamadiyorov (Farg'ona)

+60 kg. 1. SHamsutdin Kanakoev (Qoraqalpog'iston)

+71 kg. 1.Boburbek Madaminov (Farg'ona)

Musobaqa yakuniga etgach, taqdirlash marosimi tashkil etildi. G'olib va sovrindor sportchilar Namangan tuman hokimligi, “Adolat” SDPning viloyat kengashi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi homiyligidagi qimmatbaho esdalik sovg'alari hamda   medal va diplom  bilan mukofotlanishdi. 

Qodir ERNAZAROV, Tayloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati belbog'li kurash murabbiyi: 

- Musobaqa yuqori saviyada tashkil etilgan, buning uchun tashkilotchilarga shogirdlarimiz nomidan rahmat. Milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurash bugun nafaqat vodiy viloyatlarida balki voha tomonlarda ham rivojlanib ulgurganiga bugungi bellashuvlar jarayoni ham isbotlab turibdi. Viloyatimiz polvonlari ham Osiyo va jahon chempionatlarida g'olib va sovrindorlar qatoridan joy olishga muvaffaq bo'lishmoqda. Bugungi chempionatda 55 kg. vaznda kurash tushgan shogirdimiz Nodirbek G'ofurov barcha raqiblarini engib chempion bo'ldi, bundan xursandmiz. SHu o'rinda shogirdlarimizning qulay sharoitlarda shug'ullanish imkoniyatlari yaratilayotgani uchun Tayloq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati rahbariyatiga, ustozlarimizga minnadorchilik bildiramiz.

Toshkentboy YAXSHIBOEV, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi hakamlar hayati raisi: 

- Ushbu chempionatda to'rt nafar birinchi toifali, besh nafar xalqaro toifadagi, yigirma bir nafar respublika toifasidagi hakamlarimiz ish olib borishdi. Musoboqani adolatli o'tishida, hech qanday etirozlar bo'lmasligi uchun hakamlarimiz deyarli bexato hakamlik qilishdi, deb o'ylayman. Bunda xalqaro toifadagi ustoz - hakamlarimizning ish uslublari yosh hakamlarimizning kurash maydonida to'g'ri va adolatli hakam sifatida ish olib borishi dastur bo'lmoqda,  deyish mumkin. Muxlislar, tomashabinlar sinchkov bo'lishadi. Ayniqsa, muxlislik qilayotgan polvonining kurash jarayonlarini sinchkovlik bilan kuzatib borishadi. Bunday paytda hakamning to'g'ri qaror qabul qilishi juda muhim.  Hakamlarimiz ishtirokida ularning hakamlikdagi bilimlarini boyitish maqsadida rejaga muvofiq, o'quv-seminarlar tashkil etib boramiz. 

Doniyor NIZOMOV, Namangan tuman jismoniy tarbiya va sport bo'limi boshlig'i:

- Belbog'li kurash bo'yicha O'zbekiston chempionatining bizning tumanda o'tishi yoshlarimizning sportga, kurash turlariga, belbog'li kurashga bo'lgan qiziqishi ortishiga xizmat qildi, deb o'ylayman. Ko'rib turganingizdek, musobaqa maydoni, yani sport zali joriy yilda yangidan bunyod etilib, foydalanishga topshirildi. 18/42 o'lchamdagi muhtasham sport zalida endi har qanday bellashuvlarni o'tkazish imkoniyati yaratilgan. Mazkur musobaqaning munosib tarzda o'tishida tuman hokimligi, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, viloyat belbog'li kurash federaciyasi hamkoriligida tayyorgarlik ishlarini olib bordik. Albatta, O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligiga, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasiga, hakamlar hayatiga, barcha musobaqa ishtirokchilariga minnatdorchilik bildiramiz. Boisi ushbu yosh toifasidagi O'zbekiston chempionatini aynan bizning tumanimizda o'tgani yuqorida takidlaganimdek, qaysidir manoda sportning ommaviyligi taminlaydi, o'g'il-qizlarimizning sportga bo'lgan mehrini yanayam oshiradi.

Ilhom RAHMONOV, o'z muxbirimiz

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing