15 mar 10:24
Yangiliklar
Kurash

Belbog'li kurashchilar Navoiyda bellashmoqda
Bugun Navoiy shahridagi Navoiy ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati sport majmuasida belbog'li kurash bo'yicha 2002-2003 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi.
Mazkur chempionatda Toshkent shahri, Qoraqalpog'iston Respublikasi hamda barcha viloyatlardan 300 nafarga yaqin yosh polvonlar o'z vazn toifalarida ishtirok etishmoqda. Musobaqa 17 mart kuniga qadar davom etadi.
Mamlakat chempionatini o'tkazishdan ko'zlangan asosiy maqsad - belbog'li kurashda istedodi yuqori bo'lgan polvonlarni saralash va shu orqali xalqaro musobaqalarda, xususan Osiyo va jahon chemionatlarida muvaffaqiyatli ishtiok etishdan iborat bo'ladi.
Ilhom RAHMONOV tayyorladi
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar