So’nggi yangiliklar

20:00Бокс бўйича Ўзбекистон чемпионати финалларининг барча натижаси битта саҳифада 0 17:52"Бунёдкор"да ўйнаган Пишурнинг ўғли "Жирона"га ўтмоқда 0 17:31Дана Уайт ўзига ёқмаган UFC жангчисига мағлубият тилаганини тан олди 0 17:10Дана Уайт Усик ва Zuffa Boxing билан музокаралар ҳақидаги миш-мишларга изоҳ берди 0 16:39"Реал" ва Винисиус шартнома бўйича музокараларда олдинга силжиди 0 16:18Разамбек Жамалов, Абдурашид Садулаев Доғистондаги машғулотларда (ВИДЕО) 0 15:57Арман Царукян Аманда Нуньес билан жанг қилишга тайёр 0 15:3644 ёшли UFC афсонаси бугунги жисмоний ҳолатини кўрсатди + ФОТО 0 15:15"Барселона" Левандовскига шартномани узайтириш учун иккита талаб қўйди 0 14:54Жастин Гэтжи UFC`нинг бонуслар тизимини танқид қилди 0 14:12Шахматчиларимиз Таиландда йиғин бошлашди (ФОТО) 0 13:51Анчелотти ёзда Европага қайтиши мумкин 0 13:30Машҳур UFC cобиқ жангчиси Флоридада ҳибсга олинди — манба 0 13:09Белбоғли кураш федерацияси томонидан "Йил сарҳисоби" тадбири ўтказилди 0 12:48Жейк Пол ортиқ PFL жангчиси эмас! 0

19 iyu 10:23
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz BRIKS o'yinlariga yo'l olishyapti

SHu kunlarda Rossiyaning Qozon shahrida VI BRIKS xalqaro sport o'yinlari davom etmoqda.

Mazkur kompleks musobaqa dasturidan belbog'li kurash (tatar koreshi, borba na poyasax) sport turi ham o'rin olgan. Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi raisi Mo'min Murotov, O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi dastlabki 14 nafar murabbiy va polvonlarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportidan Qozon shahriga jo'nab ketishdi.  

Takidlash joiz, koresh bellashuvlariga 20 iyunda start beriladi. Bundan tashqari belbog'li kurash bo'yicha terma jamoa bosh murabbiy SHavkat Mirzaqulov hamda federaciya sport direktori Sardor Dastirov rahbarligidagi 20 nafar sportchilarmiz ham 

20 iyun kuni Qozon shahriga yo'l olishadi va 22 iyun kuni BRIKS o'yinlari dasturidagi  belbog'li kurash (borba na poyasax) bo'yicha bahslarda vatanimiz sharafini himoya qilishadi. 

SHuningdek, Qozon shahrida 23-24 iyun kunlari belbog'li kurash bo'yicha yoshlar va kattalar o'rtasida jahon chempionati ham bo'lib o'tadi. Bugun ushbu jahon chempionatida ishtirok etish uchun esa 10 nafar yoshlardan iborat terma jamoamiz (murabbiyi Jamoliddin Bozorov) Farg'ona aeroportidan Qozon shahriga uchishadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing