29 okt 09:02
Yangiliklar

Belbog'li kurashchilarimiz jahon chempionatida qatnashadi
Ushbu musobaqada 12 nafar sportchimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi.
Sportchilarimiz delegaciya rahbari Ravshan Dastirov va tajribali murabbiy Azamjon SHokirjonov hamda 2 nafar hakam boshchiligida Qozon shahriga jo'nab ketadi. O'zbekiston sport delegaciyasining xarajatlari Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan moliyalashtiriladi.
Terma jamoa tarkibi:
1. SHahzod Abduraxmonov
2. Fayzullo Munisjonov
3. Ilhomjon Mashrabov
4. Husnidin Ro'ziev
5. Rustamjon Umarov
6. Zaylobiddin Ortiqov
7. SHerzod Raximov
8. Munisa Alisherova
9. Ullijon Davletova
10. Dilafruz Mamadjonova
11. Begoyim Raximboeva
12. Nasiba Abdalova
Malumot uchun, ushbu jahon chempionatida 35 ta davlatdan 800 nafarga yaqin sportchilar ishtirok etadi. Bu esa o'z o'rnida kuchli sportchilar bilan raqobatda O'zbekiston milliy terma jamoasi azolarining jismoniy tayyorgarligini ko'rib olish imkonini beradi.
Fikrlar