So’nggi yangiliklar

19:04Расман! Асламжон Ортиқов ҳам ONE FC чемпионлиги учун жанг қилади! 0 18:40Фомин Молдова Челленжерининг асосий тўрига йўл олди 0 18:16Шаҳрам Ғиёсов Тошкентга қайтиб келди (ВИДЕО) 0 17:51Чемпионлар Лигасида ўйнайдиган 29 та жамоа маълум 0 17:23Камилла Раҳимова ҳамда "Ролан Гаррос-2026": Ўзбекистон тенниси учун янги саҳифа 0 16:59"Ҳумо" Ўзбекистон очиқ чемпионати ғолибига айланди 0 16:32Шоҳжаҳон Эргашев: "Шаҳрамнинг жангини кўриб, шуни тушундим-ки..." 0 16:05Испания терма жамоасининг ЖЧ-2026 учун қайдномаси эълон қилинди: “Реал”дан бирорта футболчи йўқ 0 15:37Пара енгил атлетика: Нотвилл Гран-присида 19 та медаль қўлга киритилди 0 15:11БУМ! Баҳодир Жалолов Ричард Торресни нокаутга учратган Фрэнк Санчесни жангга чорлади! 0 14:42"Муносиб рақибсиз, ҳақиқий ғалаба йўқ". Кеттерол жангдан сўнг Шаҳрам Ғиёсовга миннатдорчилик билдирди 0 14:18Ўзбекистоннинг рақиби оғир вазиятда - Конго ДР терма жамоаси АҚШда мухлисларсиз қолиши мумкин 0 13:54Қозоғистон яна бир нуфузли Жаҳон чемпионати мезбонлигини қўлга киритди 0 13:30Шаҳрам Ғиёсов Жек Кеттеролга қарши чемпионлик жангидан қанча гонорар ишлаб олгани маълум бўлди 0 13:01Фирдавс Ҳасанов Mangu 3 турнирида қирғиз жангчиси билан тўқнаш келади (ПОСТЕР) 0

14 iyu 19:18
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimiz jahon chempionatiga yo'l olishdi

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportga qaratilayotgan alohida etibor bois, sportchilarimiz xalqaro musobaqalarda munosib natijalarga erishmoqda.

Bu borada belbog'li kurash bo'yicha terma jamoamiz ham eng ko'p medallarni qo'lga kiritayotgan jamoalardan sanaladi. Albatta, belbog'li kurash bo'yicha iqtidorli polvonlardan iborat terma jamoalarni shakllantirishda, ularni xalqaro bellashuvlaridagi ishtiroki hamda milliy sport turimiz bo'lgan belbog'li kurashni dunyo bo'ylab tanilib borishida O'zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, Jahon belbog'li kurash associaciyasi (JBKA), Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi va O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasining o'rni beqiyos.

Belbog'li kurash bo'yicha kattalardan iborat terma jamoamiz navbatdagi medallar shodasini qo'lga kiritish maqsadida safarga otlandi. O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov boshchiligidagi terma jamoamiz 14-17 iyul kunlari Qozog'iston poytaxti Ostona shahrida o'tkaziladigan belbog'li kurash bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etish uchun qo'shni davlatga jo'nab ketdi. 

Ushbu jahon chempionati reglamentiga muvofiq, bellashuvlar ertaga 15 iyuldan start oladi. Kurashchilarimiz bellashuvlarja to'liq tarkib bilan ishtirok etadi. Polvonlarimizga jahon chempionatida omad tilaymiz.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing