So’nggi yangiliklar

19:35"Манчестер Юнайтед" "Рома" юлдузи билан келишувга эришди 0 18:50Рамазон Темиров: "Зарбаларим аниқроқ борганида, Стив бундан ҳам оғирроқ нокаут бўлиши мумкин эди" 0 18:02Тим Цзю Эррол Спенсни мағлуб этиб, рақибини фаолиятини якунлашга мажбур қилди 0 17:20"Ўзбекистонда ҳам чемпион бўлади. Буни биринчи бўлиб, ўзим бажараман" — Рамазон Темиров 0 16:03Ўзбекистон U-20 аёллар терма жамоаси – CAFA чемпиони! 0 15:10Рамазон Темировнинг жангдан кейинги фикрлари қандай бўлди? 0 14:01Парижда кураш бўйича Президент соврини учун мусобақа ўтказилди 0 13:07Махлуқ ролидаги Шоҳжаҳон Эргашев, тепкиланган Одилхон ва бошқалар. Тошкентдаги проф бокс оқшомидан ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 12:19Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор 0 01:00Ўзбекистонлик жангчилар иштирокидаги Octagon 89 турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 00:31UFC Abu-Dhabi турнирининг бонус эгалари эълон қилинди. Рамазон Темиров рўйхатда борми? 0 00:23Кутганмидингиз?! Шоҳжаҳон Эргашевнинг Марк Урвановга қарши жанги биринчи раунддаёқ ниҳоясига етди 0 00:00Гусков Анкалаевга, Темиров эса Эрцегга қарши жанг қилди! UFC Abu-Dhabi турнирининг барча натижалари бир саҳифада 0 23:54UFC ABU-DHABI. БОГДАН ГУСКОВНИНГ МАГОМЕД АНКАЛАЕВГА ҚАРШИ МАРКАЗИЙ ЖАНГИ БЕШИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0 23:01РАМАЗОН ТЕМИРОВ ИШТИРОКИДАГИ CO MAIN EVENT ЖАНГИ БИРИНЧИ РАУНДДА ЯКУНЛАНДИ! 0

26 iyu 18:36
Yangiliklar

Kurash

Belbog'li kurashchilarimizning BRIKS o'yinlarida 28 ta medal qo'lga kiritgani etiroflarga sazovor bo'ldi

Xabaringiz bor, Qozon (Rossiya) shahri 13-24 iyun kunlari VI BRIKS o'yinlariga mezbonlik qildi.

Ushbu kompleks musobaqada O'zbekiston delegaciyasi 17 ta oltin, 39 ta kumush, 58 ta bronza medallarini jamg'argan holda umumjamoa hisobida Rossiya, Belarus va Xitoy sport  jamoalaridan keyin 4-o'rinni egalladi. 

Ahamiyatlisi, BRIKS o'yinlari dasturidan o'rin olgan belbog'li kurash va koresh sport turlari bo'yicha tashkil etilgan musobaqada belbog'li kurashchilarimiz to'liq tarkib bilan ishtirok etib, belbog'li kurashda 7 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medalga ega chiqdi va sport turlari orasida eng ko'p medallar jamg'arishga muvaffaq bo'lishdi. 

Yana bir etiborli jihati, belbog'li kurash musobaqasida terma jamoa tarkibidagi 20 nafar polvonlarimizning barchasi medallarga erishdi. BRIKS sport o'yinlari dasturidagi koresh bellashuvlaridagi erishgan natijalarni ham maqtovga loyiq bo'ldi deyish mumkin. Koresh musobaqasida belbog'li kurashchilarimiz 2 ta kumush, 6 ta bronzani naqd qilishdi va shu tariqa polvonlarimiz tomonidan O'zbekiston sport delegaciyasiga 28 ta medallarni taqdim etishdi.

SHuningdek, Qozon shahrida BRIKS o'yinlari bilan bir paytda tatar koreshi bo'yicha 2006-2007 yillarda tug'ilgan o'g'il bolalar va qizlar o'rtasida jahon chempionati va kattalar o'rtasida jahon chempionati o'tkazildi. Ushbu har ikkala jahon chempionatida belbog'li kurashchilarimizning ishtiroki yana muvaffaqiyatli bo'ldi. 

O'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatida yosh polvonlarimiz 5 ta kumush, 2 ta bronza medalni, kattalar o'rtasidagi jahon chempionatida polvonlarimiz 1 ta oltin, 7 ta kumush, 6 ta bronza medallarini qo'lga kiritib, kuchlilar qatorida etirof etildi. 

Bugun 26 iyun tongida Qozon shahridan shoda-shoda medallar bilan qaytgan O'zbekiston sport delegaciyasini, xususan jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'aniev boshchiligidagi belbog'li kurashchilarimizni O'zbekiston Respublikasi sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov, Osiyo belbog'li kurash konfedraciyasi prezidenti Mo'min Muratov hamda keng jamoatchilik tantanali tarzda kutib oldi. 

Ko'taringki ruhda kutib olingan sportchilarimizni Sport vaziri o'rinbosari SHaxrullo Mahmudov erishilgan yuksak natijalar bilan tabriklab, oldindagi xalqaro musobaqalarda omad tiladi. O'z o'rnida O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov ham sportchilarimizga musobaqa doirasida yaratib berilgan munosib shart-sharoitlar uchun Sport vazirligiga minnatdorchilik bildirdi. 

- BRIKS sport o'yinlarida oltin medallarni qo'lga kiritishimiz evaziga mamalakatimiz bayrog'i eng baland hilpiragani va madhiyamiz baralla yangragani ochig'i, qalblarimizni yanada g'urur,  iftixorga to'ldirdi. 

Bugun mamalakatimizda sportga qaratilayotgan yuksak etibor bois, bu kabi yirik musobaqalarda muvaffaqiyat qozonyapmiz deb o'ylayman. SHu o'rinda jahon belbog'li kurash associaciyasi prezidenti Azizbek G'anievning say-harakatlari bilan belbog'li kurashimiz dunyo bo'ylab keng ommalashib, rivojlanib borayotgani va buning natijasida ham polvonlarimiz xalqaro musobaqalarda kuchli uchlikdan joy olishmoqda deb o'ylayman. 

Fursatdan foydalanib, BRIKS o'yinlarida medallarni qo'lga kiritgan barcha  sportchilarimiz va ularning murabbiylarini, yaqinlarini qutlab qolaman, - deydi BRIKS o'yinlarining belbog'li kurash bo'yicha 52 kg vaznda oltin medal sohibasi Farangiz Abdunabieva.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing