29 iyu 19:37
Yangiliklar
Belgraddagi UFC turniri og'ir vazn toifasidagi jangdan mahrum bo'ldi
Ushbu turnir kardidan o'rin olgan Jonni Uokerning og'ir vazn toifasidagi debyuti nomalum muddatga qoldirildi. Tashkilot matchmeykerlari jangdan chiqib ketgan Ante Deliya o'rniga munosib raqib topa olishmadi, shu sababli braziliyalik aralash yakkakurash ustasi jarohat olgan xorvatiyalik raqibi ortidan Belgraddagi UFC Fight Night 283 turnirini tark etdi.
Bu haqda sport sharhlovchisi Gilerme Kruz xabar berdi. O'tgan yilning avgust oyida Jonni Uoker ikki karra nokaut bilan yakunlangan mag'lubiyatlar seriyasiga chek qo'yib, xitoylik Minyan CHjanni ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga mag'lub etgandi.
Biroq joriy yilning aprel oyida u yana mag'lubiyatga uchradi: mazmunsiz kechgan jangda hakamlarning ayri qarori bilan Dominik Reyesga imkoniyatni boy berdi. Serbiyada 1 avgust kuni bo'lib o'tadigan turnirdagi jang 34 yoshli braziliyalik uchun UFC`ning yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilgan 16 ta jangdan so'ng og'ir vazndagi ilk debyuti bo'lishi kerak edi.

Fikrlar