15 iyu 10:19
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 222. Lioto Machida Sonnenni nokautga uchratdi
AQSHning Nyu-York shahridagi “Medison Skver Garden” arenasida aralash qoidalar bo'yicha Bellator oqshomi bo'lib o'tdi.
Kechaning qiziqarli jangi yarim og'ir vazn toifasida o'tkazilib, unda sobiq UFC chempioni Lioto Machida CHel Sonnenga qarshi oktagonga chiqdi. Jang muddatidan avval yakunlandi.
Machida ikkinchi raundda tizzasi bilan raqibiga aniq zarba berdi va jang parterda davom etdi. Bu vaziyatda referi jangni to'xtatib, texnik nokaut qayd etdi. Lioto muddatidan avval g'alabaga erishdi.
Havola :
Fikrlar