14 avg 09:30
Yangiliklar
Boks/MMA

Bellator 264. Magomedovning kutilmagan mag'lubiyati
Xabar berganimizdek, biroz avval AQSHning Konnektikut shtati Ankasvill shahridagi "Mohegan Sun Arena"da navbatdagi MMA turniri yakunlandi.
Oqshomning asosiy kardidan o'rin olgan qiziqarli janglarning birida rossiyalik Magomed Magomedov amerikalik Raufon Stotsga imkoniyatni boy berib qo'ydi. Uch raund to'liq davom etgan jangda Stots hakamlar qaroriga ko'ra ochkolar hisobida g'alaba qozondi.
Ushbu jangdan avval asli kelib chiqishi rossiyalik, 19 yoshida AQSHga ko'chib ketgan va hozirda ushbu mamlakat sharafini himoya qilayotgan 33 yashar Xadjimurat Bestaev yana bir amerikalik Tay Gverderni 29-28, 29-28, 29-28 hisoblarida taslim etdi. Bu Gverderning oxirgi 5 ta jangidan to'rtinchi mag'lubiyati bo'ldi. Bestaev uchun esa bu Bellator promoushenidagi debyut jang edi. Uning MMAdagi natijasi - 11 g'alaba, 5 mag'lubiyat.
Havola :
Fikrlar